546-MTMdagi tadbir

Poytaxtimizdagi 546-MTMda tashkil etilgan "Onajonlar bayrami" barcha bayramlardan ko`ra qiziqroq, zavqliroq va albatta, kuy-qo`shiqlarga boy bo`lgani bilan bolajonlarning yodida qolsa ajab emas. 
Unda bolajonlar o`zlari yod olgan turli she'r va qo`shiqlarni aytib, raqslar ijro etib, onajonlari hamda buvijonlarini tabriklashdi. Xususan, qizaloqlarning qo`g`irchoq qiyofasiga kirib raqs ijro etgani barchaning zavqini oshirgan bo`lsa, o`g`il bolalarning zar choponlarda, boshlariga do`ppi kiyib ijro etgan "Shum bola" raqsi bayram ishtirokchilarining kayfiyatini ko`tardi. 
Shuningdek, bayram tadbiri davomida bolalar va ota-onalar ishtirokida turli qiziqarli o`yinlar ham tashkil etildi. Shuningdek, "Qaysi ona o`z farzandini topa oladi?" o`yini ham qiziqarli tarzda tashkil etilgani bilan barchaning e'tiborini tortdi. Qizlar ishtirokida "Onamga o`xshamoqchiman" o`yini o`tkazilib, unda qizaloqlar o`z onalarining fazilatlarini, ularning qaysi jihatlariga havas qilishlarini aytishdi. 
Onalar bayramida faqat onalar va buvilar emas, balki kichkintoylarning barkamol avlod bo`lib voyaga yetishlari uchun xizmat qilayotgan, ta'lim-tarbiya berayotgan tarbiyachilar, ustozlar haqida ham she'rlar aytilib, qo`shiqlar kuylandi.  




Maqola sanasi Maqola sanasi: 08 Mart 2010 13:16


Yangiliklar bolimiga o'tish


  


Bolalar musiqa va san'at maktablari

 Copyright © 2010
O'zbekiston Respublikasi Xalq ta'limi vazirligi