Asar mutolaasi

Termiz shahridagi 4-ixtisoslashtirilgan umumta'lim maktab-internatida "Ma'naviy yuksaklik - barkamollik shakli" mavzusida ilmiy-amaliy seminar bo`lib o`tdi.
Tadbirga O`zbekiston xalq o`qituvchisi Shohida Oripova boshchiligida puxta hozirlik ko`rilganligi maktab-internat darvozasidan kirishingiz bilan yaqqol ko`zga tashlanadi. Tadbir doirasida tashkil etilgan ko`rgazmadan o`quvchilar tomonidan yasalgan ko`rgazmali qurollar, bukletlar, albomlar, maketlar o`rin olgan. Viloyatning barcha shahar va tumanlaridan anjumanga taklif etilgan ma'naviy-ma'rifiy ishlar bo`yicha direktor o`rinbosarlari ularni tomosha qilar ekan, yangi maqsadlar, rejalar haqida o`ylay boshladilar. 
Seminar-trening boshlanishi oldidan maktab-internat haqidagi videolavha namoyish etildi. Shundan so`ng ishtirokchilar bugungi tadbirning maqsad va vazifalari, dasturi bilan tanishtirildi. 
Oliy toifali tarix fani o`qituvchisi Oygul Ismoilova o`quvchilari bilan "Mevali daraxt" o`yinini o`tkazdi. Har bir guruh berilgan topshiriqlarni sharhlab berdi. 
"Mustaqillik - ma'naviy tiklanish va yuksalish" deb nomlangan ikkinchi bobni tarix fani o`qituvchisi Nortoji Usanov shogirdlari yordamida yoritib berdi.
Mavzuni mustahkamlash uchun "7 mo`'jiza" shou-tanlovidan foydalanildi. Tezkor savol-javob tarzida o`tkazilgan shartlarda ishtirokchilar o`z bilim va mahoratlarini namoyish etdi. Bir soatlik noan'anaviy dars usulida o`tgan anjuman doirasida maktab-internatning "Zilola", "Boxtarzamin yigitlari" folklor dastasi rang-barang milliy chiqishlari bilan barchaga ko`tarinki kayfiyat ulashdi.
Interfaol tarzda tashkil etilgan navbatdagi darsning muallimi 4-ixtisoslashgan maktab-internat direktori va jamoasi bo`ldi. O`quvchilar esa tuman, shahar xalq ta'limi bo`limlari uslubchilari, maktablarning ma'naviy-axloqiy tarbiya ishlari bo`yicha direktor o`rinbosarlari, "Milliy istiqlol g`oyasi: asosiy tushuncha va tamoyillar" turkumiga kiruvchi fan o`qituvchilari edi.Kun bo`yi davom etgan qiziqarli tadbirdan ishtirokchilar olam-olam tajriba, bilim va taassurot oldilar. Anjuman yakunida qatnashchilar Al-Hakim at-Termiziy maqbarasi majmuasi, qadimiy Termiz yodgorliklari va Sulton Saodat ansambliga sayohat qilishdi.




Maqola sanasi Maqola sanasi: 04 Mart 2010 10:59


Yangiliklar bolimiga o'tish


  


Bolalar musiqa va san'at maktablari

 Copyright © 2010
O'zbekiston Respublikasi Xalq ta'limi vazirligi