Poytaxtimizdagi 300-maktabda Zulfiya tavalludining 95 yilligiga bag`ishlab o`tkazilgan tadbir ana shunday nomlandi. Ushbu adabiy-badiiy kecha Toshkent shahar xalq ta'limi bosh boshqarmasi Metodika markazi hamda O`zbekiston Yozuvchilar uyushmasi hamkorligida tashkil etildi.
Tadbirda Yozuvchilar uyushmasi a'zolari, tumandagi barcha maktablarning ona tili va adabiyot fani o`qituvchilari hamda milliy g`oya turkumiga kiruvchi fan metodistlari, ijodkorlar va "Yosh pedagoglar" maktabi liderlari ishtirok etdilar. Unda so`zga chiqqanlar Zulfiyaxonimning ilk she'rlari, shoiraga shuhrat keltirgan asarlari haqida so`z yuritib, Zulfiya hayotining asosiy qismi turmush o`rtog`i Hamid Olimjonning adabiy merosini o`rganish va nashr ettirish ishiga bag`ishlanganligi, shoirning "Semurg` yoki Parizod va Bunyod" dostoni asosida qo`g`irchoq teatri uchun "Semurg`" pesasi hamda "Zaynab va Omon" opera-librettosini yozib, o`zining sadoqatini namoyon etganligi xususida gapirishdi. Shoira Zulfiya Mo`minova esa, ustoziga atab yozgan she'rlari bilan Yig`ilganlarni bahramand etdi.
Maktab o`qituvchisi Marhabo Qurbonovaning "Milliy g`oya turkumiga kiruvchi fanlarni o`qitishda Zulfiya ijodining tutgan o`rni" mavzusidagi elektron taqdimoti barchada yaxshi taassurot qoldirdi. U shoiraning jahon adabiyotidagi bir nechta asarlarni o`zbek tiliga mohirona tarjima qilib, o`zbek tarjimonlik san'atiga ulkan hissa qo`shganligini alohida ta'kidladi.Tadbir davomida shoira ijodiga bag`ishlab o`quvchilar tomonidan musiqiy chiqishlar qilindi.
Shuningdek, Zulfiya ijodiga oid kitoblar, risolalar va maqolalardan iborat ko`rgazma ham tashkil etildi.

| Maqola sanasi: 04 Mart 2010 10:52 |