Mahoratli o`n uch muallim

Qashqadaryoda "Yilning eng yaxshi fan o`qituvchisi" ko`rik-tanlovining viloyat bosqichi yakunlandi Muallimlik - sharafli va sermashaqqat kasb. Bu kasb bekorga igna bilan quduq qazishga qiyoslanmagan. Tajribali muallim o`z ustida muntazam ishlaydi, izlanadi. Ilg`or pedagogik uslublarni faoliyatida qo`llaydi. Shaxsan o`zi ham xuddi shunday dolzarb uslublarni yaratish ustida ishlaydi...
"Yilning eng yaxshi fan o`qituvchisi" ko`rik-tanlovi ana shu kasb egalari orasidan eng saralarini tanlab olishda muhim ahamiyatga ega bo`lmoqda.
- Bu yilgi tanlovimizga 13ta fan yo`nalishida tumanlardan g`olib deb topilgan eng munosib o`qituvchilar taklif qilindi, - deydi Qashqadaryo viloyati XTB ta'lim markazi boshlig`i Hikmatilla Zulfiqorov. - Mavjud 14ta xalq ta'limi bo`limlaridan o`z fanlari bo`yicha g`olib bo`lgan 182 nafar o`qituvchi tanlovimizning viloyat bosqichida ishtirok etdi. Har bir fan yo`nalishida 7 kishilik hakamlar hay'ati adolat mezonlari asosida ish olib bordi.Muborak tumanining 
1-maktabida o`tkazilgan tanlovda g`olib deb topilgan Kasbi tumanidagi 32-maktabning fizika fani o`qituvchisi O.Nusratovning dars ishlanmalari, pedagogik konsepsiyalari yuqori bahoga sazovor bo`ldi.
Xuddi shuningdek, Qamashi tumanining 7-maktabida o`tkazilgan geografiya fani bo`yicha g`oliblikni qo`lga kiritgan Nishon tumanidagi 7-ixtisoslashtirilgan davlat umumta'lim maktabi o`qituvchisi Nasiba Ko`charovaning sinfdan tashqari ishlari bayonnomasi va ish faoliyati bo`yicha video taqdimotlarida yangi pedagogik uslublar namoyish etildi. Bunday e'tiroflarni barcha g`oliblarga nisbatan keltirish mumkin...
 




Maqola sanasi Maqola sanasi: 04 Mart 2010 10:19


Yangiliklar bolimiga o'tish


  


Bolalar musiqa va san'at maktablari

 Copyright © 2010
O'zbekiston Respublikasi Xalq ta'limi vazirligi