Chimboy tumanidagi 9-umumta'lim maktabi 2009 yilda Maktab ta'limini rivojlantirish davlat umummilliy dasturi asosida 66 mln.110 ming so`mlik mablag` hisobiga kapital ta'mirlandi.
Shuningdek, 40 mln. so`mlik o`quv jihozlari keltirilib, o`quvchilarning zamon talablari darajasida bilim olishlari uchun zarur sharoitlar yaratildi. Hozirda maktabda 16ta fan va 6ta sport to`garaklari faoliyat yuritib, fan yo`nalishiga 257 nafar, sport yo`nalishiga 136 nafar o`quvchi qatnashmoqda.
Maktabning kimyo, fizika, biologiya laboratoriya xonalari, yog`och va metall o`ymakorligi ustaxonalari, rasm, chizmachilik xonalarida o`quvchilar dars va darsdan tashqari vaqtlarda ham o`z ustilarida ishlashlari uchun keng imkoniyat yaratib qo`yilgan. Sport zali, futbol, qo`l to`pi maydonchalarida zaruriy sport anjomlari yetarli.
Joriy yilda Respublikada o`tkazilgan "Kelajak ovozi" ko`rik-tanlovida ushbu maktabning 7-sinf o`quvchilaridan ikki nafari an'anaviy ijrochilik yo`nalishi bo`yicha tuman bosqichida 1-o`rinni, respublikada faxrli o`rinlarni egalladi.
Qoraqalpog`iston Respublikasi Xalq ta'limi vazirligi, Chimboy tumani xalq ta'limi bo`limi tomonidan tashkillashtirilgan "Siz tarixni bilasizmi?" ko`rik-tanlovining final bosqichida maktab o`quvchilari 3-o`rinni egalladi va III darajali diplom bilan taqdirlandi.Yaqinda o`tkazilgan voleybol musobaqasi maktab jamoasining sport bilan qay darajada Shug`ullanayotganligini namoyon etdi. Tuman bo`yicha barcha maktab o`qituvchilari o`zaro bellashgan ushbu musobaqada 9-umumta'lim maktabi o`qituvchilari jamoasi 1-o`rinni egallab, tuman xalq ta'limi bo`limi va kasaba uyushmalari qo`mitasi tomonidan I darajali diplom hamda qimmatbaho sovg`alar bilan taqdirlandi.
Maktabga shuningdek, maktab ta'limini rivojlantirish davlat dasturi asosida 3 dona tikuv mashinasi, 1 dona shaxsiy kompyuter, 1 dona pianino, musiqa asboblari, sport anjomlari taqdim etildi.
- Ta'lim muassasamiz Chimboy tumanidagi 8ta klaster maktablaridan biri hisoblanadi, - deydi maktab rahbari T.Qo`snazarov. - Klaster sinfi uchun 3ta xona ajratganmiz. Ushbu xonalar o`quv qo`llanma va texnik jihozlar bilan to`liq ta'minlanmoqda.Maktabda o`quvchilarni kasb-hunarga yo`naltirish masalasiga alohida e'tibor berilmoqda. Maktab psixologining testlaridan o`tishda bolaning birorta kasb-hunarga oid qiziqish va moyilligi to`liq qamrab olinadi.Qishloq maktabidagi yutuqlarni ko`rib ko`zingiz quvonadi. Bu - tabiiyki, yurtimizda farzandlar kamolotiga qaratilayotgan e'tibor samarasidir.

| Maqola sanasi: 03 Mart 2010 15:23 |