"Zulfiya" nomidagi Davlat mukofoti haqida bilasizmi?

O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 1999 yil 10 iyuldagi "Zulfiya nomidagi davlat mukofotini ta'sis etish bo`yicha takliflarni qo`llab-quvvatlash to`g`risida"gi PF-2326-sonli Farmonida barkamamol avlodni voyaga yetkazish, ular orasidan iqtidorli qizlarning adabiyot, san'at, ta'lim fan va madaniyatni rivojlantirishdagi yutuqlari, shuningdek, keng ko`lamli islohotlarni jadallashtirishdagi faol ishtiroklarini faol ishtiroklarini rag`batlantirish ko`zda tutilgan.
O`tgan qisqa muddatda ya'ni, 12 yil ichida ushbu farmonning amalga oshirilishi natijasida ko`plab iste'dodli qizlarimiz kashf etildi. Jumladan, o`tgan davr mobaynida 182 nafar xotin -qizlarimiz Zulfiya nomidagi Davlat mukofotiga sazovor bo`ldi. Eng quvonarlisi, sovrindorlarimizning 94 nafari (51,6%) tizimdagi o`quvchi-talabalar va o`qituvchilardir.
2012 yilgi Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti uchun o`tkazilgan saralash bosqichlari natijasiga ko`ra, vazirlik tizimidan 787 978 (7-9-sinf) ta o`quvchi-qizlardan birinchi bosqichda 29 289 nafar, ikkinchi tuman (shahar) bosqichida 3251 nafar va viloyat bosqichida 414 nafar, Respublika bosqichida 43 nafar o`quvchi-qizlar ishtirok etdilar.
Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti uchun o`tadigan tanlovlar samaradorligini oshirish maqsadida ta'lim muassasalarida iqtidorli qizlar zahirasini shakllantirish yo`lga qo`yilgan bo`lib, oxirgi uch yil davomida xalq ta'limi tizimida Respublika va Xalqaro miqyosdagi tanlov va musobaqalarda g`oliblikni qo`lga kiritgan 14-22 yoshdagi 121 nafar iqtidorli qizlarning ma'lumotlar banki shakllantirilib, O`zbekiston Xotin-qizlar qo`mitasiga taqdim etildi.
Vazirlikning 2012 yil 4 fevraldagi 28-sonli buyrug`i asosida ta'lim muassasalaridagi iqtidorli qizlarning imkoniyatlarini namoyon qilish, ularning bilim va salohiyatlarini hayotga keng tadbiq etish borasida hududiy Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti komissiyalari bilan tizimli hamkorlik yo`lga qo`yildi.
Bugungi kunda barcha ta'lim muassasalarida "Orasta qizlar" to`garaklari va "Zulfiyaxonim qizlari" klublarining faoliyati yo`lga qo`yilgan bo`lib, ularda 1 272 256 nafar o`quvchi-qizlar umummilliy qadriyatlar asosida oilaviy hayotga tayyorlash bo`yicha turkum tadbirlarda faol ishtirok etib kelishmoqda. Xususan, o`quvchi-qizlar o`rtasida Zebuniso, Uvaysiy, Nodirabegim va Zulfiyaxonim ijodiga bag`ishlangan mushoira, she'rxonlik, g`azalxonlik kechalari shular jumlasidandir.
Shuningdek, Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti tanloviga nomzod bo`lgan o`quvchi-qizlar bilan individual ishlayotgan o`qituvchilarni ichki imkoniyatlar hisobidan qo`shimcha rag`batlantirish yo`lga qo`yildi.
2012 yil 2 martda O`zbekiston Xotin-qizlar qo`mitasi, O`zbekiston Respublikasi Xalq ta'limi vazirligi, O`rta maxsus kasb-xunar ta'limi markazi hamkorligida "O`quvchi-qizlar o`rtasida olib borilayotgan ma'naviy-axloqiy tarbiya ishlarini yanada takomillashtirish to`g`risida"gi qo`shma qaror tasdiqlandi va xududiy boshqaruv organlariga ijro uchun yuborildi.
Ta'lim muassasalarida tashkil etilgan "Zulfiyaxonim qizlari" burchaklari mukofotga oid me'yoriy hujjatlar va sovrindorlar to`g`risidagi ma'lumotlar bilan boyitilib, monitoring yuritilmoqda. Shu bilan birga, ular bilan davra suhbatlari, uchrashuvlar o`tkazilmoqda.
Jumladan, joriy yilning aprel-may oylarida o`quvchi-qizlarni oilaviy va mustaqil hayotga tayyorlash, faolligini oshirish, tashabbuskor va faol o`quvchi-qizlarni qo`llab-quvvatlash, o`quvchi-qizlar o`rtasida sog`lom turmush tarzini targ`ib qilish hamda huquqiy savodxonligi va huquqiy madaniyatini oshirish maqsadida "Orasta qizlar" ko`rik-tanlovi 3 bosqichda (maktab, tuman (shahar), viloyat) o`tkazildi.
Iqtidorli o`quvchi-qizlarni qo`llab-quvvatlash, huquqiy savodxonligi va huquqiy madaniyatini oshirishga qaratilgan ishlar vazirlik tomonidan nazoratga olingan.
Nasiba Achilova
Xalq ta'limi vazirligi
Ma'naviy-axloqiy tarbiya
boshqarmasi mutaxassisi
O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTINING