OTB 2 
 

Xalq ta'limi vazirligi veb-sahifasi uchun Osiyo taraqqiyot banki ishtirokidagi "Qishloq maktablarida umumiy o`rta ta'limni rivojlantirish" loyihasi bo`yicha ma'lumot

Loyihaning nomi: OTB ishtirokidagi "Qishloq maktablarida umumiy o`rta ta'limni rivojlantirish" loyihasi.

Loyihaning ijrochi agentligi: Xalq ta'limi vazirligi.

Loyiha menejeri: Xodjaev Rustam Raximovich

Loyihani amalga oshirish muddati: 2008 - 2011 yillar.

Loyihani tashkil etish asoslari:   O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2008 yil 28 fevraldagi "Osiyo taraqqiyot banki ishtirokida "Qishloq maktablarida umumiy o`rta ta'limni rivojlantirish" loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari to`g`risida"gi PQ803-sonli qarori. O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008 yil 7 maydagi 253-F-sonli Farmoyishi bilan tasdiqlangan loyihaning texnik-iqtisodiy hisoblari. Loyiha bilan qamrab olingan hududlar: Qashqadaryo, Surxondaryo va Toshkent viloyatlari. Loyiha maqsadi: Qishloq maktablarida umumiy o`rta ta'lim sifatini oshirish. Maktab ta'limini rivojlantirish Davlat umummilliy dasturining amalga oshirilishiga ko`maklashish, qishloq maktablari o`quvchilari uchun zamonaviy ta'lim olish sharoit va imkoniyatlarini yaratish, shahar o`quvchilari qatori qishloq o`quvchilarining ham sifatli va zamonaviy ta'lim olishlarini ta'minlash, qishloq maktablari o`qituvchilarining ta'lim berish darajasi takomillashtirish va kasbiy mahoratlarini oshirish, jamoatchilik vakillarini maktabning ta'lim jarayoniga keng jalbqilishdir.

Loyiha quyidagi komponentlardan iborat:

1-komponent. Qishloq maktablarini yangilash (fizika, kimyo, biologiya xonalarini, kutubxona va boshqa

o`quv xonalarini mebellar, laboratoriya uskunalari va adabiyotlar bilan ta'minlash);

2-komponent. Pedagog kadrlar potensialini oshirish (o`qituvchilarning maktabda ta'lim berish darajasini takomillashtirish va kasbiy mahoratlarini oshirish);

3-komponent. Maktablarda jamoatchilik ishtirokini faollashtirish (maktab hayotiga mahalla vakillarini jalb qilish, ular yordamida maktablarda ta'lim tizimini rivojlantirish, hamda maktabning mahalladagi o`rnini mustahkamlashga qaratilgan tadbirlarni amalga oshirish).

 

Loyiha doirasida amalga oshirilgan ishlar:

 

1-komponent. Loyihada ishtirok etayotgan viloyatlardan birinchi va ikkinchi bosqichlarda jihozlanishi nazarda tutilgan 754 ta qishloq maktablari, shu jumladan Qashqadaryo viloyatidan 256 ta, Surxondaryo viloyatidan 250 ta va Toshkent viloyatidan 248 ta qishloq maktablari tanlab olindi. Birinchi bosqichdagi 438 ta qishloq maktablari uchun laboratoriya asbob-uskunalari hamda maxsus mebellar xaridi bo`yicha raqobat savdolari o`tkazilib, g`olib kompaniyalar aniqlandi va tegishli shartnomalar tuzildi. Kompaniyalar tomonidan shartnoma shartlarini bajarishga kirishildi. Ikkinchi bosqichda jihozlanishi ko`zda tutilgan 316 ta qishloq maktablarini maxsus mebel va laboratoriya asbob-uskunalari bilan ta'minlash bo`yicha maxalliy va xalqaro raqobat savdolari o`tkazildi. Xozirgi kunda tender takliflarini baholash ishlari amalga oshirilmoqda. 

2-komponent. Komponent doirasida jalb etilgan konsultantlar guruhi tomonidan o`qituvchilar ehtiyojiga asoslangan o`quv kurslari va materiallarini yaratish bo`yicha qo`llanma, trener va metodistlarni o`qitish uchun trening dasturi va trening materiallari ishlab chiqildi. Joriy yilning 10 mayidan loyiha bilan qamrab olingan hududlarda trening mashg`ulotlari boshlandi. 

3-komponent. Komponent doirasida jalb etilgan individual konsultantlar tomonidan, maktab xayotida jamoatchilik ishtirokini faollashtirish yo`nalishida umumta'lim maktablari, maktab jamoatchilik kengashlari, viloyat va tuman xalq ta'limi boshqaruv idoralari mas'ul xodimlari, shuningdek malaka oshirish institutlarining trener-o`qituvchilari, uslubchilar uchun o`quv-trening dasturlari ishlab chiqildi. Malaka oshirish institutlari o`qituvchilari hamda tuman va viloyat XTB uslubchilari uchun trening o`quvlari o`tkazildi.

 

  


Bolalar musiqa va san'at maktablari

 Copyright © 2010
O'zbekiston Respublikasi Xalq ta'limi vazirligi