"Maktab ta'limini rivojlantirish" loyihasi ( Jahon banki, 2007-2010, 40 mln. AQSh dollari).
Loyiha doirasida umumta'lim maktablarini o'quv-metodik qo'llanma va ko'rgazmali qurollar bilan jihozlash, o'qituvchilarning malakasini oshirish tizimini takomillashtirish, umumta'lim maktablarida vasiylik kengashlarini rivojlantirish, xalq ta'limi tizimidagi moliyalashtirishning samaradorligini orttirish kabi ishlarni amalga oshirish rejalashtirilgan.