O’sha voqeani eslasa Raxiya hamon oyijonisining oldida o’zini aybdor sezaveradi. To’g’rida, "qizimning "Alifbe" bayrami" deya onaizor qancha tashvishlarini chetga surib, maktabga kelsayu farzandi to’rt qator she'rni durustlab aytolmay qizarib-bo’zarib o’tirsa. Raxiya o’shanda birinchi qatorda oyisining ko’zlarini erdan uzolmay, partaga beixtiyor barmoqlari bilan nimalarnidir chizayotgan ma'yusgina chehrasini ko’rib o’zini-o’zi juda-juda yomon ko’rib ketgan edi. Shu-shu u o’zgarishga qaror qildi. Uning bolalarcha beg’ubor qalb bilan diliga mahkam tukkan bu ahdi kezi kelib respublika fan olimpiadasida faxrli 3-o’rinni egallashigacha bo’lgan yo’llarda sabr-qanoat, kuch ato etdi.
***
1990 yili Navoiy viloyatining Konimex tumanidagi 10-maktabni muvaffaqiyatli tugatgan Raxiya Dosjanova qozog’iston Respublikasining qizil o’rda shahridagi pedagogika institutining qozoq tili va adabiyoti fakultetiga o’qishga kirdi.
- Talaba uchun eng foydali mashg’ulot nima deb so’rasangiz, kitob yig’ish deb javob berardim, - deydi Raxiya. - Chunki talabalik o’z nomi o’zi bilan ilm o’rganmoqqa baxshida etilgan umrning bir fasli. hali bu davrda ko’pchilikning boshiga ro’zg’orning hech ado bo’lmas tashvishlari tushmagan bo’ladi. Topganingizni uyimga, bolamga deb ilinmaysiz. "Talabasiz" deya yaqinlaringiz sizni moddiy jihatdan suyamoq bo’lishadi. Agar ana shu imkonlardan to’g’ri foydalanib kitob to’plashni odat qilsangiz bormi, keyinchalik ham bu sizning fazilatingizga, bora-bora esa oilangizning an'anasiga aylanadi.
Institutni tugatib o’zi tahsil olgan maktabda qozoq tili va adabiyoti fanidan dars bergan Raxiya Dosjanovani taqdir 2000 yili navqiron shahar Zarafshonga yetaklab keldi. Ana shundan buyon u shahardagi 2-maktabda o’quvchilarga saboq berish bilan birga o’quv-tarbiya ishlari bo’yicha direktor o’rinbosari sifatida faoliyat yuritib kelmoqda.
Raxiyaning hayotda o’z xulosasi bor - inson umrining har bir pallasida burchi, vazifasini vijdonan anglab, uni ado etmoqi kerak. o’quvchimi? Unga davlat shuncha imkonlar yaratib, ota-onasi sog’ligi, halovatidan kechib topganini bolasiga, deya qo’shqo’llab tutib turgan paytda bu muhabbatga oqibatsizlik qilsa, uni kelajak kechirmaydi. o’qituvchimi? Butun mamlakat, millat uning mehnati mahsuliga ko’z tikib turgan ekan, bu ishonchga xiyonat qilsa, uni avlodlar hech qachon oqlamaydio’ Bu qarash Raxiyani zavq-shavq bilan fidokorona mehnat qilishga, hamkasblarini ham ana shu maqsadda atrofiga jamlashga kuch ato etadi, ruhlantiradi. o’sha bolaligidagi "Alifbe" bayramini bot-bot eslaydi. Ustozlarining unga ko’rsatgan muruvvatlaridan ibrat topadi.
... Maktablariga yaqindagina ishga kelgan g’azna qunoqboevaga o’z mutaxassisligi bo’yicha dars soatlari bo’lmaganidan kuni uzaytirilgan guruhda qo’shimcha mashqulotlar o’tardi o’sha kezlar. Ana shu shirinsuxan muallima sinfdan-sinfga zo’rg’a ko’chib, boshlang’ich sinf sabog’ini olayotgan Raxiyani zukko va bilimdon o’quvchilar safiga yetakladi. U soatlab qizaloq bilan shug’ullanishdan erinmas, ba'zi kunlar qosh qorayguncha ustozu shogird o’quv go’shasida qolib ketishardi. Ana shunday tinimsiz o’rganish va izlanishlar bilan Raxiya yuqori sinflarda iqtidorli yoshlardan biri sifatida o’qituvchilari e'tiborini torta boshladi. U ayniqsa, qozoq tili va adabiyoti fanini o’zgacha ishtiyoq bilan sevar, badiiy mutolaa uning jonu dili edi. o’zi ham she'rlar mashq qilar, devoriy gazetalarning har bir sonida uning ijodiy mashqlari albatta o’rin olardi. Adabiyot fani muallimasi Gulya Pirnazarova esa uning bu urinishilarini doimo quvvatlab, dilidagi ishonchini orttira bordi. Raxiya Dosjanova ustozlaridan ana shunday talabchanlik, o’z kasbiga nisbatan katta bir mas'ullikni ko’rdi. o’quvchilik yillaridayoq muallim shaxsi uning ko’z o’ngida ana shunday yetuklik timsoli sifatida namoyon bo’ldi.
***
- Raxiya muallima sifatida ham, o’rinbosarim sifatida ham davr bilan hamnafas yashovchi, yangi ilg’or ish uslublarining ijobiy jihatlarini ilqab maktabimiz hayotiga olib kirishga intiluvchi jonkuyar ustoz, - deydi o’quv muassasasi direktori Shoxan Yakuboev. - U hamkasblari uchun yordamini hech qachon ayamaydi. Ayniqsa, yosh mutaxassislarning doimiy maslahatgo’yi. Bilim dargohida erishilayotgan barcha muvaffaqiyatlarda uning alohida xizmatlari, tashabbuskorligi bor. U ana shu mahorati, iqtidori bilan shahar xalq ta'limi bo’limi qozoq tili va adabiyoti metodbirlashmasining rahbari sifatida shahardagi barcha maktablarda mazkur fanlarning talablar darajasida o’qitilishi ta'minlanishiga harakat qilib kelmoqda. 2004-2005 yillarda uning "Adabiyot darslarida ta'lim berishning noan'anaviy usullaridan foydalanish" mavzusidagi ish tajribasi viloyat miqyosida ommalashtirildi. Shu yili shahar xalq ta'limi bo’limi tomonidan o’tkazilgan "Eng yaxshi fan kabineti" ko’rik-tanlovida sinfxonasining jihozlanishi 1-o’ringa loyiq topildi. qator yillardan buyon o’quvchilari fan olimpiadalarining viloyat, respublika bosqichlarida muvaffaqiyatli ishtirok etib kelmoqda.
***
"Eng yaxshi fan o’qituvchisi" tanloviga hozirlik davri og’ir kechdi. Lekin bu tayyorgarliklar Raxiyaning kasb mahoratini yanada oshirdi. Tanlovning har bir bosqichi uning oldiga yangi-yangi talablarni qo’yardi. - Shu jarayonda axborot texnologiyalaridan foydalanishni mukammal o’rganib oldim, - deydi bu haqda uning o’zi. - Kompyuterning imkoniyatlari kengdan-kengligiga ishonch hosil qildim. Ana shu izlanishlar, intilishlarim jarayonida "Test jomadoni", "Bilim svetofori", "Oltin toj" deb atalgan dars uslublarini yaratdim. Fanga bog’liq ko’rgazma qurollari to’plamini tuzib, tanlov hay'atiga taqdim etdim. qozoq tili fanining bo’limlarini o’rgatish bo’yicha mavzularni ma'lum tizimlarga solib jadval tuzdim. Bu ishlarda hamkasblarim Deuipbek Ketebaev, Jinar Junisova, viloyat pedagoglar malakasini oshirish va qayta tayyorlash instituti o’qituvchisi Meyirbek Risbekovlar yaqindan turib yordam berishdi. Masalan, "Test svetofori" deb atalgan dars uslubida to’g’ri javob berilsa, yashil chiroq
yonib, keyingi pog’ona sari yo’l ochiladi. Agar xato javob aytilsa, qizil chiroq yonib, o’quvchi qayta hozirlik ko’rishi lozimligi ta'kidlanadi. Bu o’yin tarzidagi dars uslubi o’quvchilar qiziqishini, fikrlash qobiliyatini oshiradi, o’z ustida izlanishga undaydi. Ana shu mashg’ulotlarim natijasida o’quvchilarning o’zlashtirish darajasi keskin ortdi.
Shu o’rinda tanlovga puxta tayyorgarlik ko’rishimda umuman o’qituvchi sifatida xotirjam, erkin mehnat qilishim imkoniyatini yaratib bergan turmush o’rtog’im Toyir Xoliqovning xizmatlari katta ekanini alohida e'tirof etib o’tmoqchiman. U kishi meni doimo ma'naviy, ruhiy, o’rni kelganda moddiy jihatdan ham qo’llab-quvvatlaydi, yordam beradi. Respublika tanlovi Raxiya uchun yana bir tajriba maktabi bo’lib qoldi. U ayniqsa, Toshkent shahri va Sirdaryo viloyatidan kelgan hamkasblarining ish uslublari, to’plagan malakalarining ijobiy jihatlaridan foydalanish rejasini tuzdi. o’ziga kerakli yo’l-yo’riqlar oldi.
***
Navoiy ko’hna qizilqum bag’rida yashnab, yasharayotgan go’zal maskan. Bu yurtda ko’plab millat va elat vakillari bir oila farzandidek yashab, mamlakatimizning rivoji yo’lida fidokorona mehnat qilmoqda. o’qituvchilar ahli esa bu yo’lning boshida turuvchi kasb egalaridir. Ular o’z safida o’zbekistonda o’z baxti, saodati izzatini topgan qozoq qizi - Raxiyasi borligidan faxrlanadi. Bugun yosh avlod ta'lim-tarbiyasidek mas'ul vazifa xalq faxrlansa arzigulik zotlar qo’lida ekanidan ko’ngillar taskin topadi.
Maqola sanasi: