Ziyonet
 
Kitob.uz
 

Ob-havo.uz
 
 
  PEDAGOGIKA VA ILM // Yil o`qituvchilari - 2006 // Nigora Mardonova 
 
Yangi, farahbaxsh tong otmoqda. Olis-yaqindan qichqirayotgan xo’rozlarning vozi ertalabki sokinlikni buzib, odamlarni, borliqniqda yangi kun bilan qutlayotgandek. Nigora deraza oldiga kelib mayin shabadadan to’yib nafas olarkan o’zini yengil his etdi, kechagi charchoqlari tarqab ketgan, miyasida yangiqyangi rejalar, qilishi kerak bo’lgan ishlar... Narigi xonada yotgan kichkintoyi uyqusiragancha onasini chaqirdi. Nigora ish stolidan turib farzandining oldiga borarkan, xonadan bolani tinchlantirayotgan turmush o’rtog’i Sobir akaning ovozi eshitildi.
- Uxla qo’zichog’im, oying shu yerda, hozir keladi.
Bolakay xarxasha qilib yana onasini yo’qlaydi:
- Oyi, oyijonim qani?
- Shu yerdaman jonim bolam, qayoqqa ketardim. Tinchlan endi, asalim - degancha Nigora farzandini bag’riga bosdi.
- Bu oqshom ham uxlamading shekilli, onasi. Ish deb o’zingni oldirib qo’yma tag’in, - dedi Sobir aka bola yig’idan to’xtagach.
- Ko’p ishlaganim yo’qqku. Biroz kelgusi darslarga tayyorgarlik ko’rdim.
- Xonangni chirog’i tuni bilan o’chmadi, aldamay qo’yaqol meni.
Nigora bolasini eriga berib, o’zi nonushta tayyorlagani tashqariga chiqib ketdi. hovliga suv sepib-supurdi, sigirlarni sog’ib, sut pishirdi. Eri bolalarni uyg’otib, kiyintirdi. Uyqro’zg’or ishlarida xotiniga ko’mak bera boshladi.
"Sobir akam menga mehribonlar, qachon qaramay meni tashvishimda, maktabdagi ishing, ro’zg’or tashvishlari seni charchatib qo’yyapti degani-degan. Yaratganga shukur, mening shunday mehribonlarim bor ekan, ko’zlagan ezgu niyatlarimga yetaman, albatta" xayolidan o’tkazdi Nigora bir dasta kitob-daftarni qo’ltiqlab, maktab sari otlanarkan. "Yaratayotgan dars ishlanmalarim tuman va viloyat miqyosida ommalashayotir, ularni yanada takomillashtirishim kerak, qo’shimcha mashg’ulotlarim o’z samarasini berdi, tuman xalq ta'limi bo’limi, maktabimiz jamoasi ko’rikqtanlovlarda ishtirok etishga meni tavsiya etishmoqda, unga ham tayyorgarlik ko’rishim kerak."
- "As-sa-lo-mu a-lay-kum". Sinf bolalarining salomi bilan xayollari og’ushidan o’ziga kelgan Nigora alik olgach, yana borliqni unutib, dars mashg’ulotlariga sho’nqib ketdi. Yuragidagi mehr, yuzidagi nimtabassum
o’quvchilariga ham yuqdi. Sinfxonada har kungidek samimiylik va ko’tarinki kayfiyat hukmron bo’ldi.
- Bolalar, menimcha hamma darsimizga yaxshi tayyorgarlik ko’rib kelgan bo’lsa kerak. Demak, bugungi darsimiz munozarali va muammoli bo’ladi. Guruhlarga bo’linib mashg’ulotni boshlaymiz...  hikoyamiz qahramoni - Narpay tumanidagi 27-umumta'lim maktabi nemis tili fani o’qituvchisi Nigora Mardonova har kungi darslarini ana shunday tayyorgarlik, shunday kayfiyat va o’y-xayollar bilan boshlaydi.       
Mehnatkashlik, bilimga chanqoqlik, pedagogika sohasiga qiziqish va kasbga sadoqat unda bolaligidayoq shakllangan. Chunki, Nigora Mardonova pedagoglar oilasida tug’ilib, voyaga yetdi. Uning otaqonasi Ibodulla aka va Risolat opa ham o’qituvchi. Nigora ham esini taniganidanoq o’qituvchi bo’lishni, yoshlarga
ta'limqtarbiya berishni orzu qilardi. "Buning uchun ko’p o’qishing, baholaring "a'lo" bo’lishi kerak", - derdi Ibodulla aka bilan Risolat opa qizlariga. U kelajakda o’qituvchi bo’lish uchun astoydil o’qib, izlanardi. Ustozlari Norsuluv Usmonova, O’g’iloy Aliqulovaning etagidan tutib, ortidan ergashdi. Maktabni imtiyozli attestat bilan bitirgan Nigora orzulari ortidan ergashib, Samarqand davlat universiteti chet tillar fakultetiga o’qishga kirdi. Universitetning malakali pedagoglari - K.Muinova, Gauss, G’ani Ergashevlardan saboq oldi. Bu yerda ham bilimi, tirishqoqligi va izlanuvchanligi bilan kursdoshlariga o’rnak bo’ldi. U universitetda nemis tili va adabiyotini o’rganish bilan cheklanib qolmadi. Balki bo’lqusi muallima ushbu xalqning tarixi, madaniyati, qadimiy an'analari va urfqodatlari bilan yaqindan tanishib bordi. Oliy dargohni bitirgach, Narpay tumanidagi sevimli ilm maskani - 27-umumta'lim maktabida pedagogik faoliyatini boshladi.
-Nigora qisqa vaqtda jamoamizga singib ketdi, - deydi maktab direktori Nazokat Nasriddinova.
 - Undagi samimiylik, mehr, hamkasblarga hurmat kishining qalbiga yo’l topadigan bir kalit bo’ldi, desak mubolaqa bo’lmas. Bilmaganini tajribali pedagoglardan so’rab o’rgandi, o’qidi, izlandi, sohada o’z  yo’nalishini, jamoada esa o’rnini topdi. Bugunga kelib, u nafaqat yoshlardan, balki malakali
pedagoglardan ham maslahatini ayamayapti. Shogirdlari oliy dargohlarni bitirib kelib, bugun uning o’zi bilan birga yoshlarga saboq berayotir. Fan olimpiadalari, turliqko’rikqtanlovlarda Nigora Mardonovaning shogirdlari mudom maktabimiz shuhratiga shuhrat qo’shayotir. Yaqinda uning o’zi Toshkent shahrida pedagogqo’qituvchilar o’rtasida bo’lib o’tgan "Yilning eng yaxshi fan o’qituvchisi" ko’rikqtanlovining respublika bosqichida qoliblikni qo’lga kiritdi. Bu nafaqat maktabimiz, tumanimiz, balki viloyatimizning ta'lim tizimida erishgan navbatdagi yutug’i bo’ldi. Maktab jamoasi uni Toshkentdan
bayram kayfiyatida kutib oldi. Tanlov taassurotlari barchani qiziqtirdi. Nigora hayajon bilan tanlov jarayonida erishgan yutuqlari va bu yo’lda uchragan qiyinchiliklar haqida gapirib berdi. Maktab jamoasi ham uni qo’llab-quvvatlab turdi, kerakli yordamini ayamadi. Direktor jamg’armasi tomonidan rag’batlantirildi. Bugungi kun bolalari o’nqo’n besh yil oldingi o’quvchilarga nisbatan chet tilini o’rganishga ishtiyoqmandroq. Sababi istiqlol bergan imkoniyat tufayli biz jahonga yuz ochdik, dunyo bizni, biz olamni tanidik.
Farzandlarimiz eng rivojlangan davlatlarning o’quvchilari bilan turli sohalarda bellashib, hech kimdan kam emasliklarini qo’lga kiritayotgan yutuqlari bilan isbotlashmoqda. Ularning talabini qondirish uchun o’qituvchi o’z ustida yanada ko’proq mehnat qilishi lozimligini Nigora yaxshi biladi. U darslik bilan cheklanib qolayotgani yo’q. Boshqa imkoniyatlarni ishga solayotir, gazeta va jurnallardan,
nemis tilidagi turli xil kitoblardan foydalangan holda mashg’ulotlarni boyitib borayotir. Qiziqarli, sodda, ammo samarali dars o’tish uslublarini yaratmoqda. o’zi yasagan rangqbarang ko’rgazmali qurollar darslarning qiziqarli chiqishini ta'minlayapti.
- Nigora menga kelin emas qiz, - deydi uning qaynotasi Sattor aka Namozov. - Biz qariyalarga mehribon, ro’zg’orim, uyimqjoyim deydigan ayollar toifasidan. Mana, o’g’lim bilan besh nafar farzandni oq yuvib, oq
tarab tarbiyalashmoqda. hamqishloqlarimdan, o’quvchi va o’qituvchilardan kelinimning biror ibratli ishini
eshitib qolsam boshim ko’kka yetadi. Yaqinda "Yilning eng yaxshi fan o’qituvchisi" ko’rik-tanlovining yakuniy bosqichiga kelinimni qo’llab-quvvatlash maqsadida uning otasi q qudam bilan Toshkentga ham bordik. U bizni uyaltirmadi, qolib bo’ldi. Eng muhimi, nabiralarimiz, kelajak avlodlarimiz Nigora kelinimdek
ishonchli o’qituvchilar qo’lida tarbiya olishayotganidan ko’nglim joyiga tushdi.
Muallima shogirdlariga onadek mehribon, otadek qattiqqo’l. Shu bois, darslar mudom samarali kechadi. Yangi pedagogik texnologiyalar ayniqsa, uning o’quvchilari bilan munosabatini yanada yuksaltirdi, hurmatini oshirdi, darslarning qiziqarli kechishini ta'minladi. Yangi uslubning afzalliklarini  ustozu shogird, hamma biladi.
- Ustozimning har bir darsini intizorlik bilan kutaman, q deydi 8qsinf o’quvchisi Dilnoza Azamatova.
-Chunki u kishining har bir soat darsi biz uchun bir yangilik olib keladi. Mashg’ulotlarni qiziqarli tashkil etganliklari bois, mavzuni tezgina tushunib olamiz. Shaxsan mening o’zim Nigora opam tufayli nemis tili faniga ixlos qo’ydim, u kishining sa'yqharakatlari bilan ana shu tilda bemalol gaplashaman,
o’qibqyozaman. Darhaqiqat, Nigora Mardonova o’qitayotgan sinf o’quvchilarining aksariyat qismi bugun a'lochi qiz Dilnoza singari nemis tilida biyronqbiyron gaplashishadi. Kitoblar, gazeta va jurnallardan kattaqkichik matnlarni nemis tilidan ona tillariga bemalol o’girishadi.
- Inson qalbi juda nozik bo’ladi, q deydi Nigora Mardonova. q Ayniqsa, bolalar bilan munosabatda bo’lganda bunga ehtiyot bo’lish lozim. Shu bois, o’zlashtirishi past, intizomi yaxshi bo’lmagan bolalar bilan ko’proq ishlayman. Uylariga boraman, yashash, dars tayyorlash jarayoni bilan tanishaman, otaqonasi bilan suhbatlashaman. Darsdan bo’sh vaqtlarimni shunday o’quvchilar bilan o’tkazishga intilaman. Eng muhimi, mehnatlarim ko’p o’tmay o’z natijasini bera boshlaydi. Sinfda intizom izga tushib, o’zlashtirish yaxshilanadi. Nigora maktabga hammadan oldin kelib, hammadan keyin ketadi. Mudom atrofida o’quvchilar,
o’qituvchilar, otaqonalar. Kimgadir qandaydir fikr beradi, kimdandir qandaydir qoyani oladi. hammaning ko’ngliga birdek yo’l topishga intiladi.
Shovqinqsuron tinib, maktab o’quvchi va o’qituvchilardan bo’shab qoldi. U ham ishlarini saranjomqsarishtaladi. Bir o’quvchisi bugun darsga kelmadi q betob ekan, hozir o’sha o’quvchisinikiga boradiqda, so’ng uyiga ketadi. Yangi gazeta va jurnallarni qo’ltiqlab, uyiga kirib kelganida quyosh ufqqa bosh qo’ygandi. Undan oldinroq kelgan Sobir aka bolalari bilan hovlidagi ekinlarga suv qo’ymoqda.
Bolalar otasiga yordam berayotir. Nigora esa darhol kechki ovqatga unadi.
Erqxotin farzandlari bilan shug’ullanishdi. Bolalarning savollariga javob berdilar. Darslari bilan qiziqib, o’zlashtirishini tekshirishdi. Nigora ertangi darslarga tayyorlanib bo’lib, o’quvchilarning yozma ishlarini tekshira boshlaganda qishloqqa tungi osudalik cho’kib bo’lgan, oyning kumushrang shu'lasida atrof ajabtovur jilvalanardi.
 
 


Maqola sanasi:
  










 Copyright © 2012
O'zbekiston Respublikasi
Xalq ta'limi vazirligi