Insonlar borki, irodasi, sabr-qanoati ila turmushning past-balandi, davr silsilalaridan yorug’ yuz bilan ´tveradilar. Irodasining mustahkamligi, e'tiqod-larining qat'iyligi bois, hayot chig’iriqlarida pishib, tobora mukammallashib boradilar.
Shohida Aripova shundaylardan. U bolaligidan g’aroyib matematika dunyosining sehru sinoatlariga shaydo bo´ldi. Otasi, tajribali pedagog Rahmat aka qizidagi iste'dodni tez ilg’adi va unga matematikadan ilk saboqlarni 5-6 yoshligidan bera boshladi. Zehni o´tkir emasmi, qiz avval o´rta maktabda, keyinchalik 9-10-sinflarda respublika "Yosh fiziklar va matematiklar maktab-internati"da "a'lo" baholarga o´qidi. Toshkent davlat universitetining "Amaliy matematika va mexanika" fakultetida tahsil olganida ham bilimli va faol talaba sifatida tanildi. Universitetni
muvaffaqiyatli tugatayotgan bu qobiliyat sohibasini dekanat respublika asbobsozlik korxonasiga ishga yuborishni rejalashtirdi. Biroq Shohida yetti yillik tahsil davrida sinalgan kursdoshi, surxondaryolik G’ofir Allaev bilan turmush qurgani tufayli quyoshli Surxon zaminiga ketishga ahd qildi. G’ofirni Shohidaning tashqi va botiniy qiyofasidagi uyg’unlik maftun etgandi. Bir narsa ayonki, qadrdon Surxon diyorining pedagogikasi yulduzi yulduziga qo´shilgan bu ikki iste'dod sohibi hisobiga boyidi. Buni ularning keyingi faoliyati bilan tanish kishilar ta'kidlashlariga shubha yo´q. Shohidaxon ish faoliyatini Termiz tumanining chekka qishlog’idagi 6-maktabdan boshlab, 12 yil davomida qishloq muallimining barcha zahmatu quvonchlarini boshidan kechirdi. Tajribasi osha borgani sayin u matematikadan qobiliyatli bolalar bilan individual ishlashga ehtiyoj katta ekanini dildan his qilardi. 1992 yildan u viloyat "Yosh matematiklar" maktab-internatida dars bera boshladi. o’tgan davr ichida Shohidaxon iqtidorli yoshlarni aniqlash, ular bilan alohida ishlash, o´qitishning ilg’or usullaridan foydalanish, yangi-yangi o´quv metodikalarini yaratish bo´yicha talaygina ishlarni amalga oshirdi. "Shaxsga
y´naltirilgan ta'lim" xalqaro loyihasida muvaffaqiyatli ishtirok etib, trenerlik huquqini qo´lga
kiritdi. Uning ish tajribasi viloyat va respublika miqyosida ommalashtirildi. U geometriyadan metodik qo´llanmalar, matematikadan "Yon daftarcha", "Doska - bloknot", "Doska - stend" singari samarali o´quv vositalarini yaratdi. Matematik formulalarni yod olishning qulay usullarini, jadvallarini ishlab chiqdi. "Pifagor maktabi" to´garagini tashkil etib, unga kam ta'minlangan oilalarning iqtidorli farzandlarini jalb etdi.
Mahoratli pedagog Sh.Aripovaning ´quvchilari DTS talablarini t´liq bajarib kelishmoqda. Uning 1000 nafardan ziyod shogirdi oliy ma'lumot olishga muyassar bo´ldi. Shulardan 200 nafardan ko´prog’i pedagogika sohasida faoliyat k´rsatmoqda. 30 nafardan ziyod o´quvchilari viloyat va respublika fan olimpiadalarida muvaffaqiyatli ishtirok etishgan. Bunday natijalarga qanday erishayotganligini bilish uchun ustoz bilan uchrashganimizda, kabinetiga ham birrov razm soldik: Maxsus tayyorlangan ko´rgazma qurollari shkafning ichiga va ustiga terilgan geometrik figuralar, burchakda did bilan taxlangan allaqanday qurilmayu uskunalar...
- Hammasini o´quvchilarim bilan birga tayyorlaganmiz, - deydi opa. Chiqaverishdagi devorga mahkamlangan quticha ustidagi yozuv diqqatimni tortdi: "Taklif va mulohazalar uchun"...
Bu nima? - so´rayman undan.
- Bu men uchun juda zarur narsa, - deydi suhbatdoshim kulib. - o’quvchilarim darslarim va umuman, o´quv maskanimizdagi hayotlari yuzasidan o´z fikrlarini bildirishlari uchun bir imkoniyat... Ular bildirgan har bir taklif-mulohazani o´rganaman, o´z faoliyatimda qo´llayman. Tanqidiy fikr bo´lsa o´zim uchun xulosalar chiqaraman, o´zgarishga harakat qilaman.
- Shunaqasiyam bo´ladimi?
- Ha, albatta. Men bunga bolalarni o´zim o´rgatganman, axir tanqid - kelajakning mevasi-ku...
Ha, Shohida opa o´tadigan dars an'anaviy saboqlardan katta farq qiladi. Bu yerda batartib partalar, odob bilan taxlangan qo´llar, pashsha uchsa eshitiladigan sukunat bo´lmaydi. Partalar hali u, hali bu tomonga suriladi, ko´chma doska sinfning turli burchaklarida paydo bo´ladi. Sinf guruh-guruh bo´lib, bilimdonlikda bellashadi. o’quvchilarning savollari uncha-muncha "manaman" degan matematikni gangitib qo´yishi aniq. Har bir sinf Shohida opaning dars o´tishdagi asosiy shiorini yaxshi biladi: "Eng a'lo guruh - hamma barobar ishtirok etgan guruh". Shuning uchun sinf ´quvchilari orasida doimo ahillik, o´zaro yordam, izlanuvchanlik hukmron. Ilm yo´lida bunday jipslashishdan maktab ma'muriyati, ota-onalar ham xursand.
Shohida Aripovaning darslarida o´quvchilar o´zlarini kashfiyotchi deb his etadilar. Ular har bir formula yoki qoidani mustaqil izlanib, tahlil, mushohada yuritib, o´zlari keltirib chiqaradilar. Misol yoki masala yechish uchun qizg’in bahs yuritadilar, ko´plab o´quv qo´llanmalarini varaqlab, o´z nuqtai nazarlarini isbotlaydilar. Muallima esa ularni turli-tuman texnik vositalar, ko´rgazmali qurollar, usullar yordamida yo´naltirib turadi. Bir qarashda yengildek bu uslubga erishish uchun o´qituvchining muttasil izlanishini, pedagogikaning yangi-yangi, noan'anaviy uslublari ustida ertayu kech ishlashini yolg’iz u va turmush o´rtog’i, ham maslakdoshi, yaqin maslahatchisi G’ofirjon aka biladilar, xolos. Ushbu mehnat samarasini Shohida opa o´z o´quvchilarida ko´rsa quvonadi. Dadil, chuqur mushohadali, bilimdon yoshlar - shogirdlarining har bir muvaffaqiyatidan to´lqinlanib, g’ururlanadi. Yaqinda esa Termizdagi 6-ixtisoslashtirilgan maktab-internatining oliy toifali o´qituvchisi, Xalq ta'limi a'lochisi Shohida Aripova barchani xursand qildi. U "Yilning eng yaxshi fan o´qituvchisi" tanlovining respublika bosqichida birinchi o´rinni egallab, hamkasblarining, o´quvchilariyu yoru birodarlarining,
boringki, jami Surxon ziyolilarining qalblarini faxr-ixtixor tuyg’ulariga to´ldirdi.
Ha, insonlar borki, hayotlarida oson yo´llarni izlamaydilar. Ular o´z oldilariga ilmu ziyo
tarqatishdek ezgu maqsadni qo´yishadi. Bu maqsad yo´lidan ularni hech qanday qiyinchiliklar, muammolar qaytara olmaydi. Oltin yarqirab tovlanishidan oldin o´t-olovda toblanganidek, bunday kishilar dovonlar oshib, kuchga to´laveradilar. Shohida opa ana shundaylardan.
Maqola sanasi: