|
|
 | |
| Yil o'qituvchilari - 2006 | |
|
| |
Gulnoza Rahmonova

Toshkent shahar Yunusobod tumanidagi 51-ixtisoslashgan umumiy o`rta ta'lim maktabida fransuz tili o`qituvchilarining "Yilning eng yaxshi fan o`qituvchisi" respublika tanlovi bo`lib o`tgan kunlari hali yosh bo`lsada mushohadalari keng Gulnozaning pedagogik mahoratiga kasbdoshlari tan berishdi. Shu kuni har bir muallim o`z darslarida yuzlab xilma xil ko`rgazmalardan foydalanishdi. Ammo ulardan farqli o`laroq, yosh o`qituvchi tayyorlagan ko`rgazmalar ixcham, shu bilan birgalikda bir necha yillab foydalansa-da eskirmaydigan, har bir darsda o`quvchi olgan bilimini tezda aniqlab beradigan, dars jarayonida o`quvchilarni "Eng yaxshi fonetik, grammatik" "Eng yaxshi nutq sohibi" nominatsiyalari bo`yicha taqdirlab, qiziqish va mashg`ulotlarni puxta o`zlashtirishga undaydigan edi. Gulnoza o`zi tayyorlagan 2200 so`zdan iborat "fransuzcha-o`zbekcha" lug`ati, fransuz tilidagi "Sinonim, antonim so`zlar" lug`atidan ham o`quvchilar ijodiy foydalanishdi. Xuddi shuningdek, kompyuter savodxonligi mutaxassisligi bo`yicha test sinovlari va boshqa turlardan ham Gulnoza eng yuqori ball to`pladi. U g`olib bo`ldi. Unga tan berishdi, boshida uncha e'tibor bermaganlar ham endi unga havas bilan boqishdi. Chunki bu tanlovga kelgan o`qituvchilarning barchasi o`z viloyatlarida eng mahoratli, eng bilimdon o`qituvchi deya tan olinganlar edi-da... Yosh muallimaning ana shunday bilimdonlar ichida g`olib bo`lishining siri nimada ekan-a, degan savol har birimizni o`ylantirib qo`yishi tabiiy... Shuning uchun ham biz yosh Gulnozaning bolalik, o`quvchilik yillari, u o`sib-ulg`aygan oila, jamoa bilan yaqindan tanishdik. Davomi...
Lola Boltaeva
Bola tabiati xo`p qiziq-da. Bahorning "yolg`onchi" ob-havosiga o`xshaydi. Bir zumda sizni butun vujudi bilan sevib qolishi yoki bir zumda sizdan butkul ko`ngli qolishi mumkin. Goh munchoqdek ko`zlarida quvonch porlasa, goh "ichimdagini top" qabilida qovoq uyub oladi. Ba'zan sizni onasidek suyub ko`nglidagini to`kib solsa, ba'zan sarkash daryodek qaysarlanib, o`zanidan-da chiqqisi keladi. Baribir, u
qanday bo`lmasin, bir mukarram zot uchun doim ardoqli. Bu zot uni o`z onasidek suyadi, injiqliklarini ko`taradi, yutug`idan quvonadi. Bu - muallimdir. Davomi...
Dilorom Xolmirzaeva
 "Fanda keng va ravon yo`l yo`q. Kimki uning chaqir tikanakli o`nqir-cho`nqir so`qmoqlaridan o`ta olsagina, orzu-maqsadlariga erishadi". Bu hikmat Namangan davlat pedagogika institutining (hozirgi NamDU) asosiy o`quv binosi kiraverishida katta-katta harflar bilan yozib qo`yilgandi.Dilorom Uchqo`rg`on tumanining Yashiq qishlog`idagi 12-o`rta maktabni tamomlab, ilk bor institut ostonasiga qadam qo`yganidayoq mana shu so`zlarni o`qigan. Orzulari bir olam bo`lgan bu qizning shuuriga butun ma'no mantig`i bilan naqshlangan bu kalom hali-hanuz uni oldinga chorlaydi. Qishloqning o`ziga xos sharoitlarida qiynalgan kezlari taskin va dalda, biror yutuqqa erishganida esa yana g`ayrat, yana kuch beruvchi sehrga ega. U qariyb 25 yildan beri qishloq maktabida muallimlik qiladi va bugun orzu-maqsadlariga birin-ketin erishmoqda. Davomi...
To`lqin Eshto`raev
To`lqin ziyoli oilasida dunyoga keldi. Otasi - ta'lim darg`asi Chorshanbi Eshto`raev tog`li Boysun tumanidagina emas, viloyatda ham tanilgan tajribali rahbar-pedagog, ko`p vaqt tuman xalq ta'limi bo`limini boshqardi.
O`n bir nafar farzandning buzrukvori Chorshanbi bobo bolalariga hamisha "Mehnatdan qo`rqmanglar, mehnatning oson-qiyini, yaxshi-yomoni bo`lmaydi, halol bo`lsa, bas. El-yurtga naflaring tegadigan bo`lsin...", deya ko`p tayinlardi. Otaning pandu nasihatlari zoye ketmadi. O`g`il-qizlarining hammasi ota izidan borishib, kasblarning eng oliyjanobi sanalgan - o`qituvchi bo`lishdi. To`lqin farzandlar ichidan nozikta'bligi, shoirona tabiati bilan ajralib turardi. Shu bois, ota o`g`lini Boysun musiqa maktabiga olib borganida hech kim taajjublanmadi, aksincha, xursand bo`lishdi. Bolakayning o`zi ham musiqadan bir-ikki saboq olgach, quvonganidan-quvondi: u serjilva ertaklar mamlakatiga kelgandek edi go`yo.
Davomi...
Saboxon Ahmadalieva
 Saboxon Ahmadalieva 1980 yilda Farg`ona viloyatining Uchko`prik tumanida tug`ilgan. 2001 yilda Qo`qon davlat pedagogika institutining ingliz tili fakultetini bitirib, Uchko`prik tumanidagi 29-maktabda mehnat faoliyatini boshlagan. 2004 yildan buyon esa tumandagi 2-ixtisoslashgan maktab-internatda yoshlarga ingliz tilidan saboq berib kelmoqda.
Nigora Nurmatova
 Nigora yoshligidan bir so`zli, qat'iyatli edi. Boshlang`ich sinflarda o`qigandayoq ana shu xislatlari bilan tengdoshlaridan ajralib turardi. Yuqori sinflarda u a'lo o`qishi bilan birga jamoat ishlarida ham faol qatnasha boshladi. Sinf, maktab miqyosidagi tadbirlar tashkilotchilarining yaqin ko`makchisiga aylandi. o`ziga ma'qul kelgan ko`rik-tanlovlarda ishtirok etsa, albatta g`oliblikni begona qilmasdi. U bunday tadbirlarda nomigagina ishtirok etishni xushlamasdi. Aksincha, har qanday bellashuvda faqat g`oliblikni mo`ljallab, sahnaga chiqardi. Bu xislat keyinchalik Jizzax davlat pedagogika institutida tahsil olganda ham unga qo`l keldi.
Davomi...
Shoira Yunusova
Ismda ham xislat bor, ma'no mujassam. Ismi jismiga monand degan ibora bejiz aytilmagan. Jizzax tumanidagi Isoqovlar oilasida 1961 yil 31 iyulda to’ng’ich farzand - qizaloqning dunyoga kelishi bir olam quvonch olib keldi. Ziyoli oilaga mansub bo’lgan To’lqin aka va Muhabbat opalar o’zaro kelishib, yaxshi niyat bilan qizaloqqa Shoira deb ism qo’ydilar. Chunki To’lqin aka quruvchi-muhandis bo’lsa-da, adabiyotni yaxshi biladigan, shoirtabiat inson edi. qizining ham kelgusida zukko, shoirtabiat bo’lib voyaga yetishini orzu qilardi.
Qo`zi Rahimov
 Har bir insonning o`ziga ma'qul tushgan do`st-birodarlari bo`lishi tayin. Jumladan, qarshilik Qo`zi Rahimov ham mening ana shunday yaqinlarimdan biri. Domla bilan ta'lim-tarbiya ishi ustida tanishib qolganimizga ham harqalay 15 yilga yaqinlashib qoldi.
Har gal Qo`zi domla bilan suhbatlarimiz qizigandan qiziydi. hali ta'lim-tarbiya sohamizdagi og`riqli nuqtalar xususida, hali yangi darsliklaru kundalik matbuot nashrlari xususida, boringki, rang-barang mavzularda tortishamiz. Qo`zi Rahimov darhaqiqat pedagogik risolalarda bitilgandek muallim. U o`ta kamtarin va samimiy, xuddi bolalar misol sodda va beg`ubor inson. Mening tasavvurimda u xuddi muallim bo`lib tug`ilgandek tuyulaveradi. Davomi...
Gulnora G’ofurova
Gulnoraning odati shunday. Tong bilan barobar uyg’onadi. Subhidamning sarrin havosidan simirish, qushlarning navosidan bahramand bo’lish naqadar zavqli. Bugun ham shunday bo’ldi. Kechqurun uy yumushlarini saranjomlab, turmush o’rtog’i A'zamjonning kiyimlarini dazmolladi. Birrov og’iroyoq kelini Gulsaradan xabar olishni ham unutmadi. hamma shirin uyquga ketgandagina Gulnora ish stoliga o’tirdi. 5-sinfda rus tili va adabiyoti fani bo’yicha bo’ladigan imtihonga tayyorgarlik ko’rdi. Imtihon biletlarini, savollarni birma-bir ko’zdan kechirdi...
Nigora Mardonova
Yangi, farahbaxsh tong otmoqda. Olis-yaqindan qichqirayotgan xo’rozlarning vozi ertalabki sokinlikni buzib, odamlarni, borliqniqda yangi kun bilan qutlayotgandek. Nigora deraza oldiga kelib mayin shabadadan to’yib nafas olarkan o’zini yengil his etdi, kechagi charchoqlari tarqab ketgan, miyasida yangiqyangi rejalar, qilishi kerak bo’lgan ishlar... Narigi xonada yotgan kichkintoyi uyqusiragancha onasini chaqirdi. Nigora ish stolidan turib farzandining oldiga borarkan, xonadan bolani tinchlantirayotgan turmush o’rtog’i Sobir akaning ovozi eshitildi
Tillaxon Qo`zieva
 Asakalik muallima Tillaxon Qo`zievani viloyatda ko`pchilik yaxshi taniydi. 25 yillik mehnat faoliyati davomida ko`plab nufuzli ko`rik-tanlovlar, bellashuvlar, o`qituvchilar anjumanlarida sovrinli o`rinlarni egallagan Tillaxon qo`zieva mehribon ona, oqila uy bekasi hamdir.
Albatta, bu kabi bekamu ko`st muallima bo`lish, ko`pchilikning e'tiboriga faqat yaxshi inson, mehribon murabbiy bo`lib tushishning o`zi bo`lmaydi. Buning zamirida mashaqqatli mehnat, tinimsiz izlanishlar mahsuli yotadi. Tillaxon Qo`zieva bilan u ishlayotgan Asaka tumanidagi 11-maktabda u "Yilning eng yaxshi fan o`qituvchisi" ko`rik-tanlovining respublika bosqichida g`oliblikni egallagan xushnud kunlarda uchrashdik.
Davomi...
Zulfiniso Bozorova
Go’zal Chust tumani kundan-kunga obodonlashib, ko’rkamlashib bormoqda. Rang-barang anvoyi gullar, yangi qurilayotgan, ta'mirlanayotgan maktablar tuman ko’rkiga-ko’rk qo’shib turibdi. Tekis va ravon tuman markazi yo’llaridan uzoqlashib, Varzik qishlog’iga kirib boramiz. Bahavo qishloq manzarasi dilga xush yoqadi. Odamlari sofdil va mehmonnavoz. Ular bilan suhbatlashib to’ymaysan. Qishloqdagi 58-umumta'lim maktabi va u yerda bir necha yillardan buyon ishlayotgan Zulfiniso Bozorova haqida hamqishloqlari iliq fikrlar bildirishdi: Zulfiniso haqiqiy ustoz, muallim. Yoshlar kelajagi, ularning baxt-saodati yo’lida tinim bilmaydi.
Davomi...
Ro`zimuhammad Qodirov
 Qorachadan kelgan, serg`ayrat, zuvalasi pishiq halimaxon o`g`lining yutug`idan o`zini qo`yarga joy topolmay qoldi.
- Xudoga shukr, yuzimiz yorug` bo`ldi! Ro`zimuhammad mamlakatdagi kasbdoshlari ichida eng sarasi, bilimdoni deb tan olindi. Bolalarim ichida u boshqacha-da... Ona qalbi yana allanimalarnidir his etardi shu choqda.
"Ertaga muxbir kelarmish, sizdan o`g`lingiz, oilangiz haqida so`rarmish", degan gap Halimaxonni o`ylantirib qo`ydi.
Nima qilsin, nimalarni aytsin muxbirga?
Davomi...
Shohida Aripova
Insonlar borki, irodasi, sabr-qanoati ila turmushning past-balandi, davr silsilalaridan yorug’ yuz bilan ´tveradilar. Irodasining mustahkamligi, e'tiqod-larining qat'iyligi bois, hayot chig’iriqlarida pishib, tobora mukammallashib boradilar.
Lazizaxon Usmonova
Dehqon yetishtirgan hosili, sanoatchi ishlab chiqargan mahsuloti, quruvchi binosi, hunarmand buyumi, san'atkor asari evaziga obro’ oladi. Muallim-chi? Tarbiyalagan shogirdlari bilan, dersiz. To’g’ri. Ammo, uning mehnatini hech qanday tarozi yoki o’lchamda aniqlab bo’lmaydi. Uning birgina darsida sarflaydigan quvvati, bilimi, ta'bir joiz bo’lsa, asabini hisoblab ko’ring. Shuning uchun ham bir soatlik yaxshi dars san'at asari bilan tenglashtirilgan-da!
Davomi...
 O`shanda Jahonmurod 7-sinfda o`qirdi. Guliston tumanidagi 1-maktabda chizmachilik fanidan dars beradigan sevimli ustozi Abubakir Hamroev bir gal uning qo`liga kattagina bir kitobni tutqazib, o`qib chiqishni tayinladi. o`sha kuni uyiga borib onasiga "Bu kitobni qanday qilib o`qib chiqaman?" deya yig`lagani hamon esida. Jahonmurodning beg`ubor bola qalbi, ustiga-ustak undagi tirishqoqlik ustozni aldash yoki kitobni shunchaki hafsalasiz o`qib chiqishni hazm qilolmasdi. Shuning uchun kattagina hajmdagi bu kitobni o`z talabiga ko`ra o`qib chiqish uning qalbiga qo`rquv solgani rost. Onasi Tojigul opa ham o`sha maktabda kutubxonachi bo`lib ishlardi. Shu kuni onasi Jahonmurod bilan juda uzoq suhbatlashdi. Kitob o`qigan odam elda aziz va ehtiromga loyiq kishilar bo`lishini, agar u ham ishtiyoq bilan kitob o`qisa, xuddi otasidek ziyoli inson bo`lib yetishishini tushuntirgandi. Ana shu voqeaga o`n uch yil bo`lganda, o`z bilimi, mahorati bilan kasbdoshlari, ustozlari, ota-onasini xursand qiladigan katta bir yutuqni qo`lga kiritganida Jahonmurod o`sha suhbatni yana bir bor yodga oldi...
Davomi...
Muhayyo Yusupova
Qorasuv - hunarmandlar yurti. Bejirim pichoqlar, mustahkam temirchilik buyumlari, dong’i chor atrofga ketgan do’ppilar xuddi shu shaharda dunyoga keladi. Xalqi bir so’zli, aytganini albatta qiladiganlar xilidan.
Muhayyo ham qorasuvda kamol topdi. Ona shahri havosimi, odamlari fe'limi, xullas, Muhayyo tabiatida ham biroz o’jarlik bor, o’z aytganidan qaytmaydi, fikrini himoya qila oladi. Bilasiz, maktabni bitirib mustaqil hayotga qadam qo’yayotgan yoshlarda ikkilanish bo’ladi. qaysi kasb ma'qul yoki qaysi institutda o’qish? Shunda jo’yali maslahat hamisha asqotadi.
Davomi...
Mamlakat Yo`ldoshova
 ... Nuriddin otani yillar suroni ona yurtidan uzoqlashtirdi. hukumat ishlarida sochi oqargan, ikkinchi jahon urushi tanini necha bora jarohatlab, o`lim bilan yuzlashtirgan ota unib-o`sgan tuprog`idan yiroqda hayot bilan vidolashdi.
Nigora Boboeva
Narpay azal-azaldan ilmu ma'rifatga ko’ngil qo’ygan insonlar Vatani. Shu yurtda tug’ilib-o’sgan yuzlab olimu shoirlar, oqilu donolar elimiz shuhratini olamga yoyib kelgan. Bunda albatta, fidoyi va zahmatkash pedagog-o’qituvchilarning o’rni beqiyosdir. Tumanning ta'lim sohasida erishayotgan yutuqlari viloyatda oldingi o’rinlarda turgani bois, doimo davralarda shu tuman o’rnak qilib ko’rsatilishi ham ayni haqiqat. o’qituvchilarning tajribalari tez-tez ommalashadi, ko’rsatkichlar yuqori, fan olimpiadalarida tuman mudom oldingi o’rinlarda. Yaqinda yana bir xushxabar tarqaldi. Bu ham narpaylik fidoyi pedagoglarning navbatdagi yutug’i haqida edi.
Davomi...
Obiljon Xoliqov
 Obiljon bolaligidan tarixga qiziqardi, tarixchi pedagoglarga havas qilardi. Orzusiga yetgach, yangi marra tomon -shu sohaning ilg`ori bo`lishga intildi. Uning bu niyati o`ttiz uch yoshida ro`yobini topdi. Avvaliga u Namangan shahar huquq fani o`qituvchilari o`rtasida, keyin esa viloyatdagi bellashuvda g`olib chiqdi. Minglab pedagoglar orasidan saralab olingan o`n to`rt nafar fan o`qituvchisi Xorazmda respublika bosqichida g`oliblik uchun o`zaro bilimlarini sinadilar.
Klara Uteboeva
 Yoshi endigina o`ttizga borgan nozik jussali, chaqqon va ziyrak qizning harakatlarini kuzatib o`tirib, o`qituvchilarning ENG, ENG, ENG sarasini tanlab oladigan tanlovda ishtirok etib, O`zbekiston Respublikasida birinchi o`rinni olganlar safida bo`lganligining mohiyatini his qilgandek bo`ldim.
- O`zimizning o`quvchimiz, xuddi shu maktabga 1-sinfga kelgan, o`n yil bag`rimizda ilm olib oliy dargohga ketgan. Mana, institutni tugatib kelganiga ham to`qqiz yil bo`layotir. Bugun o`zi ustoz! Ta'lim bergan o`qituvchilari bilan yonma-yon, hamkorlikda mehnat qilayapti, - deydi Nukus shahridagi 31-maktab direktori Oybek Do`spanov. - o`quv muassasamizni tugatib ketgan yoshlarning ko`pchiligi o`qituvchi
mutaxassisligi bilan yana qaytib kelishayotganligining o`zi quvonarli. Maktabimizning qandaydir sehri bor. Doimo o`ziga tortib turadi. Klara sokin gapiradi, fikrlarini dona-dona qilib tushuntiradi. So`zlashib zerikmaysiz, kasbini nihoyatda sevib, qadrlaydi.
Raxiya Dosjanova
O’sha voqeani eslasa Raxiya hamon oyijonisining oldida o’zini aybdor sezaveradi. To’g’rida, "qizimning "Alifbe" bayrami" deya onaizor qancha tashvishlarini chetga surib, maktabga kelsayu farzandi to’rt qator she'rni durustlab aytolmay qizarib-bo’zarib o’tirsa. Raxiya o’shanda birinchi qatorda oyisining ko’zlarini erdan uzolmay, partaga beixtiyor barmoqlari bilan nimalarnidir chizayotgan ma'yusgina chehrasini ko’rib o’zini-o’zi juda-juda yomon ko’rib ketgan edi. Shu-shu u o’zgarishga qaror qildi. Uning bolalarcha beg’ubor qalb bilan diliga mahkam tukkan bu ahdi kezi kelib respublika fan olimpiadasida faxrli 3-o’rinni egallashigacha bo’lgan yo’llarda sabr-qanoat, kuch ato etdi
Aziz Qo`shboev
... O`shanda o`g`lining maktabdan he yo`q-be yo`q "Firma tashkil etmoqchiman" deya kirib kelishi Oykarom opani o`ylantirib qo`ygan edi. U farzandining muallim bo`lishini orzu qilardi. Xayolan ko`cha-ko`yda "Ustozning onasi" deya marhamat ko`rsatishlarini yuz boralab tasavvur etgandir. Bugun esa bolasi "Firma ochaman" deb turibdi. Azizjon ham oyisining bu havaslarini ko`ngildan his etadi. Turli muammolar sabab o`zi o`qituvchi bo`lish sharafiga erisholmagan ona farzandlarining muallim bo`lishini juda-juda xohlashi ayon. Shundanmi, onasining hafsalasi pir bo`lgan odamday bo`shashib qolganini tez tushundiyu:
Allayor Elchiev
Inson umrining eng beg’ubor damlari o´quvchilik yillariga to´g’ri keladi. Bolalikning ana shu mas'um va takrorlanmas lahzalari bir umr yoddan chiqmaydi. Beg’ubor chaqnoq ko´zlar atrofdagi har bir o´zgarish, tabiat m´'jizalariga hayajon va hayrat bilan boqadi. Kitob, daftar joylashgan papkani ko´tarib olgan bolakay uchun maktab sir-sinoat. ¤quvchilar q´liga qalam tutqazib harf yozishni o´rgatayotgan ustoz esa eng ulug’ zot. Ana shu mo'jizalar qurshovida inson ulg’ayadi, voyaga yetadi. Shu tariqa hayotdagi ilk odimlar uni qutlug’ manzil sari yetaklaydi. Kichkintoylar uchun hayotning dastlabki so´qmoqlaridan maktabga yo´l
ochiladi.
| |
Bolalar musiqa va san'at
maktablari |
| |