PEDAGOGLARGA // Metodik tavsiyalar // Fan va yo‘nalishlar bo‘yicha sho‘ba yig‘ilishlarini o‘tkazish yuzasidan TAVSIYA ( iqtisodiy bilim asoslari)
Fan va yo‘nalishlar bo‘yicha sho‘ba yig‘ilishlarini o‘tkazish yuzasidan
TAVSIYA
Iqtisodiy bilim asoslari
Davlatimiz tomonidan olib borilayotgan iqtisodiy va siyosiy sohadagi islohotlarning maqsadi yurtimizda istiqomat qilayotgan barcha fuqarolar uchun munosib hayot sharoitlarini tashkil yaratishdan iboratdir. Bunda har bir shaxs boshqa zarur bilimlar qatori iqtisodiy tushunchalarni teran aniqlashi ham muhim ahamiyatga ega.
Shundan kelib chiqib, ishchi guruhi xulosalari va tahlillari, Ilmiy-metodik kengash tavsiyalari asosida umumiy o‘rta ta’lim maktablarida “Iqtisodiy bilim asoslari” fanidan jami 7 soat hajmdagi 7ta mavzu muvifoqlashtirish. Jumladan, 8-sinf o‘quv dasturlaridajami 3 soatlik 3ta mavzu “Mehnat taqsimoti va ixtisoslashuvi”, “Iste’molchilar daromad manbalari”, “Bozor turlari” mavzulari umumlashtirilib, tejalgan soatlar hisobidan “Soliq tizimi” bobiga “Soliqlar va ularning turlari”, “Soliqqa tortish asoslari”, “Soliq to‘lovchilarning xuquqlari va majburiyatlari” mavzulari kiritildi.
9-sinf o‘quv dasturida jami 4 soatlik 4ta mavzu: “Tadbirkorlik”, “Firmaning mablag‘lari va xarajatlari”, “Xalqaro savdo” o‘rniga “Soliq turlari” bobining “Daromad solig‘i”, “Mol-mulk solig‘i”, “Yer solig‘i”, “Aksiz va qo‘shilgan qiymat solig‘i” mavzulari kiritildi.
“Iqtisodiy bilim asoslari” fanidan 2010-2011-o‘quv yili uchun 8-sinf “Iqtisodiy bilim asoslari” (E.Sariqov va b.) darsligi qayta ishlanib, quyidagicha takomillashtirildi. Darslikda jami 3 soatlik 3ta mavzu — “Mehnat taqsimoti va ixtisoslashuvi”, “Iste’molchilar daromad manbalari”, “Bozor turlari” mavzulari umumlashtirilib, “Soliq tizimi” bobiga “Soliqlar va ularning turlari”, “Soliqqa tortish asoslari”, “Soliq to‘lovchilarning huquqlari va majburiyatlari” mavzulari kiritildi.
9-sinf “Iqtisodiy bilim asoslari” (E.Sariqov va b.) darsligi qayta ishlanib, jami 4 soatlik 4ta mavzu “Tadbirkorlik”, “Firmaning mablag‘lari va xarajatlari”, “Xalqaro savdo” soatlari umumlashtirilib, “Soliq turlari” bobiga tejalgan mavzular hisobidan “Daromad solig‘i”, “Mol-mulk solig‘i”, “Yer solig‘i”, “Aksiz va qo‘shilgan qiymat solig‘i” mavzulari kiritildi.