IV SINF
O‘qish va nutq o‘stirish (166 soat)
Sinfda o‘qish va nutq o‘stirish (150)
O‘qish mavzulari:
Istiqlolim - istiqbolim (6 soat)
Taniqli bolalar yozuvchilarining istiqlolga bag'ishlangan asarlari. Ularda xalqimiz hayoti va Vatanimiz taraqqiyotidagi jahonshumul ahamiyati aks ettirilgan asarlar tahlili. «Erk nashidasi» mavzuida ijodiy suhbat.
O‘zbekiston - vatanim manim (8 soat)
Bo‘lirmga o‘quvchilarga kindik qonimiz tomgan ona zamin — O‘zbekiston va uning viloyatlari, shahar va qishloqlarida yashovchi har bir kishi uchun Vatanning muqaddasligi, yurt obodligi, farovonligi xalqning kuch-qudrati, saxovatpeshaligi tufayli yuzaga kelgan to‘kin-sochinlik to‘g‘risida tushuncha berishga mo‘ljallangan badiiy, ilmiy-ommabop asarlar kiritilgan. Vatanning yagonaligi va unga bo‘lgan muhabbat tuyg‘usi yuzasidan suhbat.
Oltin kuz (6 soat)
Oltin fasl sifatida e’zozlanadigan kuzning inson va tabiat hayotida tutgan o‘rni beqiyosligi to‘g‘risida hikoya qilingan asarlar. Tabiat quchog‘iga sayohat. «O‘lkamiz (qishlog‘imiz, shahrimiz) tabiati» mavzusida ijodiy insho.
Ma'naviyat — qalb quyoshi (11 soat)
Bu bo‘limga inson ma’naviyatini yuksaltirishga, ayniqsa, bolalarning ezgulikka muhabbat ruhida tarbiyalashga qaratilgan, odob m’ezonlari xususida bahs yuritilgan asarlar kiritilgan. Ularda axloq-odob, go‘zal insoniy fazilatlar to‘g‘risida so‘z yuritilgan.
Xalq og‘zaki ijodi (28 soat)
Bo‘limga xalqimizning ming yillar mobaynida yaratgan, sehrli-fantastik ertaklari, xalq dardi, istak-xohishi, orzu-umidlari ifodalangan qo‘shiqlari, bolalarning quvnoq o‘yin-qo‘shiqlari, hozirjavoblik, topqirlikni taqozo etadigan topishmoqlar, xalqning hayotiy xulosasi tarzida yuzaga kelgan purhikmat maqollar, sehr- jozibaga yo‘g‘rilgan rivoyatlar kiritilgan.
Vatanimiz o‘tmishidan (10 soat)
Bo‘limdagi hikoya, rivoyat, she’r va hikmatlarda Vatanimiz tarixi, uning muqaddasligi, Abu Ali ibn Sino, Pahlavon Mahmud, Alisher Navoiy kabi buyuk ajdodlarimiz hayoti, xalqimiz bosib o‘tgan shonli yo‘l to‘g‘risida hikoya qilingan.
Kumush qish (5 soat)
Bo‘limga qish faslida tabiatda sodir bo‘ladigan o‘zgarishlar, qish zavqi tufayli tug‘iladigan totli tuyg'ular ifodalangan she’r va hikoyalar kiritilgan. «Bizning qish» mavzusida bayon.
Nima yaxshiyu, nima yomon? (20 soat)
Bo‘limdagi badiiy va ilmiy-ommabop asarlarda insondagi yaxshi va yomon xulqlar, ularning oqibati, odamlar o‘rtasidagi mehr-muhabbat, halollik, poklik, to‘g‘riso’zlik, samimiyat to‘g‘risida so‘z yuritiladi. Ularda ma’naviy kamolot inson xulq-atvorida aks etishi, insonning obro‘-e'tiborini oshirishi bolalar tilida bayon etiigan.
Hayvonot olamida (11 soat)
Bo‘limdagi she'r va hikoyalarda insonlarning eng yaqin do‘sti va abadiy hamrohi - hayvonlarning yashash tarzi, o‘ziga xos hayoti, ona tabiat yaratgan mo‘jiza ekanligi, odamlarning ularga munosabatlari yoritilgan.
Zumrad bahor (13 soat)
Bo‘Iimga fasllarning kelinchagi, yashnash-yasharish fasli bo’lgan bahor tabiati, uning kishilar hayotida tutgan o‘rni, dillarga beradigan zavq-shavqi, ko‘klamda qilinadigan ishlar to‘g‘risidagi she'r va hikoyalar jamlangan. «Assalom, Navro‘z!» mavzusida ijodiy insho.
Yashasin tinchlik, bor bo‘lsin do’stlik (6 soat)
Bo‘limdagi hikoya va she’riy asarlarda insonning baxt-saodati, farovon turmush kechirishi faqat Vatanning kuch-qudrati, ona zamin saxovatigagina bog‘liq bo‘lib qolmasdan, ayni paytda xalqlar o‘rtasida tinch-totuvlik va do‘stlik rishtalariga ham asoslanishi xususida so‘z yuritiladi. Mazkur asarlar asosida “Tinchlik urushni yengadi” mavzusida ko‘rgazma albom tayyorlanadi.
Ajdodlarimiz - faxrimiz (9 soat)
Bo‘limga kiritilgan badiiy va ilmiy-ommabop asarlarda xalqimiz va Vatanimiz shon-shuhratini asrlar osha butun jahonga taratib kelayotgan benazir ajdodiarimizning o‘z e’tiqodlari yo‘lidagi fidoyiliklari tasvirlangan. Ularda umuminsoniy va milliy g‘urur to‘g‘risida muxtasar tushunchalar ham bayon etilgan. To‘maris, Najmiddin Kubro, Beruniy va boshqa vatandoshlarimizning Vatan daxlsizligi hamda ilm-ma'rifat yo‘lidagi kurashlari qiziqarli tilda tasvirlangan.
Jahon bolaiar adabiyoti (9 soat)
Bo‘limga jahon bolalar adabiyotining G. Andersen, J.Svift, A.Pushkin singari namoyandalarining sehrli sarguzashtlarga boy, dunyodagi juda ko‘p tillarga tarjima qilingan asarlari kiritilgan.
Yoz — o‘tadi soz (8 soat)
Bo‘limga ayni pishiqchilik fasli bo‘lgan, bolalarning ta'til davomida ona-tabiat bilan yaqindan tanishadigan yoz faslining o‘ziga xos xususiyatlari, kishilarning yozdagi mehnatlari tasvirlangan she’r va hikoyalar kiritilgan.
Yod olish uchun:
O‘zbekiston Respublikasining davlat madhiyasi. A.Oripov.
Istiqlol taronasi. S.Ochil.
Serquyosh o’lka. Z.Diyor.
Xalq. Cho’lpon.
Oftob chiqdi olamga.
To‘g‘ri so‘z bola. H.H.Niyoziy.
Qush tili. Mirtemir.
Ola buzoq. G’.G'ulom.
Bahor. Q.Hikmat.
Tinchlik qushi haqida men o‘qigan she’r. Sh.Sa’dulla.
Yoz. Sh.Sa'duIla.
Suv bilan suhbat. Z.Diyor.
O’qish ko’nikmasi
Adabiy til talaffuzi qoidalariga rioya qilgan hoida ongli, to‘g‘ri va o‘rtacha tezlikda (ovoz chiqarib) bir daqiqada 90-100, ifodali va ichdan 110-130 so‘z o‘qish.
Sinfda o‘qilgan asar yoki asardan parchani mustaqil tarzda ifodali o‘qish. O‘sha asar yoki parcha qanday mavzuga bag‘ishlanganini aniqlash, unda ishtirok etuvchi qahramonlarga munosabat bildirish. Qahramonlarning fe'l-atvori, xatti-harakatlariga qarab ovoz ohangini o‘zgartirish, matndagi urg‘u tushadigan so‘zlarni aniqlash, to’xtam qilinadigan o‘rinlarini ajratish. O‘quvchilarda mustaqil o‘qish ko‘nikmalarini shakllantirish.
Matn ustida ishlash
Asarda voqealarning bir-biri bilan uzviy bog‘liq holda asta-sekin rivojlanib borishini, matn qismlarining mazmunan bog‘liqligini mustaqil belgilay olish, asar tahlilida matndan misollar tanlay olish, asar qahramonlarining xatti-harakatlarini baholash, ularga o‘z munosabatini bildirish. Murakkab bo‘lmagan asardan asosiy fikr (g‘oya)ni ajrata olish. O‘qishga bog‘liq holda nutq ko‘nikmalarining shakllanishini ta’minlash.
Badiiy matndagi so‘z ma’nolarini farqlash. Tanlab o‘qish, matndan asar qahramonlari, tabiat manzarasini ifodalash uchun zarur bo‘lgan so‘z va iboralarni topa olish. Nasriy asar mazmunini to‘liq, qisqartirib, shaxsini o‘zgartirib hikoya qilish. Ijodiy hikoyalar tuzish va ularga mos sarlavha topib qo‘yish. O‘qigan asarlari muallifi va nomlarini ayta olish. Badiiy asarlarni bir-biri bilan taqqoslash, muayyan xulosalar chiqarish. Darslikdagi savol va topshiriqlar ustida mustaqil ishlash, mundarijadan foydalanish. Rasmlar asosida og‘zaki va yozma hikoyalar tuzish.
Sinfdan tashqari o‘qish va nutq o‘stirish (16 soat)
Sinfdan tashqari o‘qish o‘quv dasturi bilan chambarchas bog‘liq bo‘lib, unda ko‘zda tutilgan maqsad va vazifalarni amalga oshirishda yaqindan yordam beradi. Buning uchun o‘quvchilarda kitobxonlik ma’daniyatini tarbiyalash, ularni oddiy kitobxondan ijodkor kitobxon darajasiga ko‘tarish talab etiladi. O‘quvchilarda kitobga havas uyg‘otishda har bir bolaga yakka tartibda yondoshish, shaxsiy qiziqishlarini hisobga olish zarur. Bolalarda kitob ustida ishlash malakasini shakllantirish ularda kitobxonlik madaniyatini tarbiyalashning muhim omilidir.
Sinfdan tashqari o‘qish mashg‘ulotlari ikki haftada bir marta o‘tkaziladi va o‘qish uchun ajratilgan soatlardan foydalaniladi. Badiiy va ilmiy - ommabop asarlar mustaqil ravishda va izchil o‘qib borilsagina o‘quvchilarning dunyoqarashini kengaytirishga, shakllantirishga xizmat qiladi. Shunga erishish kerakki, o‘quvchilar o‘zlariga tanish ijodkorlarning asarlarini tanlab o‘qisinlar.
Sinfdan tashqari o‘qish tanish bo‘lmagan muallifning kitoblari ham muqovasi, titul varag‘i, kirish so‘zi, mundarijasi va suratlariga qarab asarning taqvimiy mazmunini aniqlash vazifasini amalga oshirishga xizmat qiladi.
Bolalarga ezgulikka muhabbat, yovuzlikka nafrat uyg‘otish, bog‘lanishli nutqini o‘stirish, adabiy–estetik tafakkurini yuksaltirish o‘qish darslarining tub mohiyatining tashkil etadi.
Fonetika, grammatika, imlo va nutq o‘stirish
(166 soat)
Gap (6 soat)
Gap, gapning maqsadga ko‘ra turlari, ularning turli, ma’no ifodalashi.
Gapning his-hayajonni ifodalash xususiyati. Gapni tugallangan ohang bilan, buyruq, tinch va his-hayajon ohangida o‘qish. Gapning ohangiga ko‘ra tinish belgilarini qo‘llash (nuqta, so‘roq, undov belgilari). Gap tuzishga doir mashqlar: so‘zlarni o‘zaro bog‘lab gap tuzish. So‘zlarni o‘rnida qo‘llab gap tuzish, gapda noo‘rin qo`llangan so‘z va gaplarni aniqlab, gapni qayta tuzish, tayanch so‘z ishtirokida gap tuzish, gapni ijodiy davom ettirish, gapning bir turidan boshqa turini hosil qilish, rasm asosida gap tuzish, chizmalar asosida gap tuzish.
Gap bo‘laklari ( 7 soat)
Bosh va ikkinchi darajali bo‘laklar, so‘roqlar yordamida gap bo‘laklarini aniqlash, gapda so‘zlarning bog‘lanishini aniqlash va qaysi grammatik vositalar yordamida bog‘langanini izohlash:
a) ohang yordamida bog‘lanish (masalan, katta bino, a'lo
o‘qing, ikki qadam kabi);
b) so‘z o‘zgartuvchi qo‘shimchalar yordamida bog‘lanish (masa
lan, hikoyani o‘qimoq, daraxtning bargi, senga aytmoqchiman kabi).
Ikkinchi darajali bo‘laklar ishtirok etgan gapni bosh bo‘lakli gapga aylantirish, ega-kesimdan iborat gaplarga ikkinchi darajali bo‘lak qo‘shib yozish, ularning mazmundagi farqini izohlash.
Uyushiq bo‘lakli gap ( 11 soat)
Gapda bir bo‘lakning birdan ortiq qo‘llanishi — uyushiq bo‘laklar. Bosh va ikkinchi darajali bo‘laklarning uyushib kelishi. Uyushiq bo‘lakli gaplarni sanash ohangi bilan o‘qish. Uyushiq bo‘laklarning bog‘lanishi:
1)sanash ohangi yordamida;
2) va, ammo, lekin, biroq so‘zlari yordamida.
Gapni qayta tuzish mashqlari: ikki gapdan uyushiq bo‘lakli bir gap hosil qilish.
Uyushiq bo‘lakli gaplarda vergulning ishlatilishi.
Undalma (6 soat)
Undalma so‘zlovchining nutqi qaratilgan shaxs ekanligi. Bosh kelishikdagi ot bilan ifodalanishi, uning o‘ziga xos xususiyati: gap tarkibida gap bo‘lagi vazifasini bajarmasligi, gapda boshqa bo‘laklar bilan bog‘lanmasligi, o‘ziga xos undash, chaqirish ohangi bilan aytilishi, gapning boshida, oxirida, o‘rtasida qo‘llanishi. Undalma qatnashgan gaplarda undash yoki chaqirish ohangining kuchli yoki kuchsizligiga qarab, undalmadan so‘ng vergul yoki undov belgisining qo‘yilishi.
Amaliy jihatdan nutqda undalmani o‘rinli qo‘llash, undan to‘g‘ri foydalanishga e'tibor berish: nutq (gap) tarkibida qo‘llangan undalmalarni aniqlay olish, mazmuniga ko‘ra ularni undash yoki chaqirish ohangi bilan o‘qish. Undalma bilan boshqa bo‘laklar orasiga qo‘yilgan vergulni, undov belgisini aniqlab, izohlay olish.
Gapdan undalmalarni tushirib o‘qish, mazmunidagi o‘zgarishni izohlash. Gapda undalma qo‘shib o‘qish, gap mazmunini izohlash.
Nutq. Matn ( 5 soat)
Matnning tuzilishi, bir kishining nutqi, ikki va undan ortiq kishining nutqi.
Matnni gapdan farqlash. Matndagi asosiy fikrni aniqlash. Matn tuzish, uni ifodali o‘qishni mashq qilish, qayta hikoyalash, sarlavha.
Tovushlar va harflar (10 soat)
Unli va undosh tovushlar, ularning harfiy ifodasi.
Talaffuzi va yozilishi farq qiladigan unli tovushli so‘zlarning talaffuzi va imlosi. Jarangli va jarangsiz undoshlarning talaffuzi va yozilishi, ular orasidagi farqni aniqlash. Bir xil qo‘sh undoshli so‘zlarning, so‘z oxirida qator kelgan undoshli so‘zlarning, x-h tovushli so‘zlarning, tutuq belgili so‘zlarning talaffuzi va imlosi.
Bo‘g‘zlarni bo‘g‘inlarga bo‘lish, unli tovushlarning bo‘g‘in hosil qilishi, so‘zlarni bir satrdan ikkinchi satrga bo‘g‘inlab ko‘chirish. So‘zlarni bo‘g‘in-tovush va tovush-harf jihatdan tahlil qilish.‘in. So
Alifbo. So‘zlarni alifbo tartibida qayta tuza olish. Alifboning ahamiyatini bilish. Yod olish, lug‘atdan foydalanish malakasini shakllantirish.
So‘z va so‘z tarkibi (3 soat)
So‘z, uning tarkibiy qismi, o‘zak va qo‘shimchalar, qo‘shimchalarning vazifasiga ko‘ra turlarini, so‘z yasovchi va so‘z o‘zgartuvchi qo‘shimchalar, so‘z tarkibini aniqlashga oid mashqlar, o‘zak va qo‘shimchalarni aniqlash va tegishlicha ( ) belgilash.
Matndan o‘zakdosh so‘zlarni ajrata olish. Bir xil o‘zakli so‘zlar hosil qilish. So‘z yasovchi qo‘shimchalar, o‘zakdosh so‘zlarni hosil qilishni bilish, tilning rivojlanib, boyib borishi haqida elementar tushunchani shakllantirish.
So'z turkumlari (3soat)
Ot. Otning ma'no turlari, shaxs otlari, narsa otlari, joy otlari. Kim?, nima?, qayer? so'roqlaridan biriga javob bo'lishi. Otlarning bosh va kichik harflar bilan yozilishi. Otlarning birlik va ko'plikda qo'llanishi.
Sifat. Sifatning ma'no turlari va so'roqlari (q a n d ay ? qanaqa?). Sifatlarning otga bog'lanishi. Ikkinchi darajali bo'lak.
Son. Sonning necha?,qancha?, nechanchi? so'roqlariga javob bo'lishi. Sonning otga bog'lanishi.
Fe’l. Fe’lning harakat bildirishi va so‘roqlari (nima q i 1 d i ?, nima qilyapti?,nima qilmoqchi?). Bo‘lishli va bo‘lishsiz fe’llar. Ot, sifat va fe’lga doir o‘zakdosh so‘zlar tizimini tuzish.
Shu so‘z turkumlari ichida uchraydigan ma’nodosh, qarama-qarshi ma’noli, bir xil shaklli, ko‘p ma’noli so‘zlar ustida ishlash. O‘rganilgan yasovchilar yordamida bir turkumdan ikkinchi turkumga oid so‘zlar hosil qilish.
Ot (40 soat)
Otlarning egalik qo‘shimchalari bilan qo‘llanishi.
Nutqda otlarning egalik qo‘shimchalarini olgan va olmagan holda qo‘llanishi. Egalik qo‘shimchalarining unli va undoshdan keyin qo‘shiladigan shakllari. Egalik qo‘shimchasi qo‘shilgan otlarning talaffuzi va imlosi.
Otning kelishik qo‘shimchalari bilan qo‘llanishi. Matnda va nutqda otlarning bir kelishikda bo‘lishi. Kelishik qo‘shimchali otlarning talaffuzi va imlosi. Kelishik qo‘shimchali otlarni birikma tarzida yozish. Kelishik qo‘shimchalarining otni otga, otni fe‘lga bog‘lashi.
Egalik va kelishik qo‘shimchalarini chizmalarda belgilash (kitobning varag‘i)
Ot yasovchi qo‘shimchalar. O‘quvchilar nutqini otlar bilan boyitish.
Sifat (17 soat)
Shaxs va narsaning rangini, shaklini, hajmini, mazasini, xususiyatini bildirishi, sifatlarning ot bilan ohang yordamida bog‘lanishi. Sifatlarning gapda ikkinchi darajali bo‘lak vazifasida kelishi.
Ko'm-ko'k, oppoq, sap-sariq, och sariq, to'q qizil kabi sifatlarning talaffuzi, yozilishi, belgini kuchaytirib, kamaytirib ifodalashi (amaliy tushuncha).
Sifatlarning yasalishi. O‘quvchilar nutqini sifatlar bilan boyitish.
Son (11 soat)
Sonning shaxs va narsaning sanog‘ini (miqdorini) va tartibini bildirishi. Tartib sonlarning imlosi. Sonlarning otga bog‘lanib kelishi. Sonlarning otga ohang yordamida bog‘lanishi. Sonlarning gapda ikkinchi darajali bo‘lak vazifasida kelishi. Sonlarni o‘zi bog‘langan so‘z bilan birikma tarzida yozish. Sonlarning yozuvda harfiy ifoda, arab, rim raqamlari bilan ifodalanishi.
Sonlarning yozilishi {yetti, sakkizinchi, 8-mart, 2003-yil,
IVsinf)
Sonlarning metr, gramm kabi so‘zlar bilan kelganda bitta so‘roqqa javob bo‘lishi (amaliy), ikkov, o'ntacha, beshtadan kabi qo‘shimcha sonlarning yozilishi (amaliy).
Kishilik olmoshlari (11 soat)
Kishilik olmoshlari, ularning uch shaxsni ifodalashi.III shaxs (birlik va ko‘plik) kishilik olmoshlarining ot o‘rnida qo‘llanishi. Kishilik olmoshlarining êim ? so‘rog‘iga javob bo‘lishi.
Kishilik olmoshlarining kelishik qo‘shimchalari bilan qo‘llanishi, imlosi. Ularning olmoshlarining bosh va ikkinchi darajali bo‘lak vazifasida kelishi.
Kishilik olmoshlaridan nutqda o‘rinli foydalana olish.
Fe’l (26 soat)
Fe’l, uning kesim vazifasida kelishi, fe’llarning shaxs-son qo‘shimchalari bilan tuslanishi. Shaxs-son qo‘shimchalarining so‘z o‘zgartuvchi qo‘shimcha ekani. Shaxs-son qo‘shimchalari harakatni uch shaxsning biri tomonidan bajarilishini bildirishi. Shaxs-son qo‘shimchalarining - yap, -di zamon qo‘shimchalaridan so‘ng qo‘shiladigan shakllari (amaliy). Shaxs-son qo‘shimchali fe'llarning talaffuzi va imlosi.
Fe’l zamonlari, ularning harakatni uch zamonning birida bajarilishini bildirishi, o‘tgan, hozirgi, kelasi zamon fe’llari, qo‘shimchalari. Uch zamondagi fe’llarning talaffuzi va imlosi.
Fe’l yasovchi qo‘shimchalar. O‘quvchilar nutqini fe’llar bilan boyitish.
O‘quv yili oxiridagi takrorlash (10 soat)
O‘quv yili oxiridagi takrorlash o‘rganilgan bilimlarni eslatish orqali sistemaga solish va umumlashtirish maqsadida o‘tkaziladi.
O‘quvchilar bir darsda bir necha turdagi topshiriqlarni bajaradilar.
Takrorlash darslari matn, gap, gap bo‘laklari, tovush va harflar, tovushlarning turlari, bo‘g‘in, alifbo, o‘zak, so‘z yasovchi, so‘z o‘zgartuvchi qo‘shimcha, so‘z turkumlari bo‘yicha o‘tkaziladi.
O‘quvchilar nutqi va yozuvidagi kamchiliklar hisobga olinadi.
Bu o‘qituvchining boshqa sinflarda ta’lim jarayonini to‘g‘ri tashkil etishini ta’minlaydi.
O‘quvchilar bilan o‘quv yili davomida imlosi ustida ishlanadigan ayrim so‘zlar darslik oxiridagi lug‘atchada berilgan.
Darslikda so‘zlar ma’nosi berilgan bo‘lib, o‘quvchilardan ularni o‘zlashtirishlari talab qilinmaydi.
Bog‘lanishli nutq
Nutq, matn va gapni farqlash. Og‘zaki va yozma nutqni to‘g‘ri shakllantirish.Matn mazmunini qayta hikoyalatish. Matndagi asosiy fikrni aniqlay olish. Matnning tuzilishini aniqlash, uni qismlarga ajratish, ular orasidagi bog‘lanishni izohlay olish. Matnga sarlavha topish.
Ta'limiy bayon. Berilgan matn asosida hikoya yozish; muhokama va tasvir janri elementlari qatnashgan bayon yozish. Matnni qisqartirib, ijodiy qayta hikoyalash asosida bayon yozish. Tanlab qayta hikoyalash asosida bayon yozish.
Ta'limiy insho. Qismli (qismlarga ajratib berilgan) rasmlar va mavzular bitta rasmda ifoda etilgan ko'rinish asosida, shuningdek, o‘qilgan, kuzatilgan, eshitilgan, ko'rilgan voqea va hodisalar asosida material to‘plash, reja va shu asosida insho yozish. Bayon va insho rejalarini tuzishda o‘quvchilarni mustaqil fikrlashga yo‘llash.
O‘quv yili davomida o‘rganiladigan imlosi qiyin so‘zlar: agronom, akvarium, antenna, artist, astoydil, atele, avtomobil, avtonazoratchi, bashariyat, binafsha, boychechak, brigada, daromad, dastyor, dastlab, dehqon, depo, dirijyor, dollar, domino, do‘kon, ehtiyoj, ehtiyot, ekskavator, eskalator, e’zozlamoq, fabrika, faoliyat, faxrlanmoq, ferma, festival, firma, fonarcha, futbol gavjum, giyoh, gramm, go‘sht, hadya etmoq, handalak, haqiqat, harbiy, hayvonot, hasharot hikoya, hofiz, hudud (chegara), hunarmand, hunarmandchilik, hurriyat, ikkita, ilm-ma'rifat, iste’dodli, ishonch jarroh jahon, jayron, jonivor, kasseta, kilogramm, kilovatt, kofe, kolleksiya, kosmonavt, kungaboqar, ko‘hna (qadimgi), la'l (qimmatbaho tosh),leytenant, madhiya, majmua, masjid, mavsum, mayor, mehnatsevar, mehribon, mehr-oqibat, metall, metro, me’mor, militsioner, muhandis, murojaat qilmoq, muvaffaqiyat, mo‘jiza, na’matak, ne’mat, nomzod, nota, ohangrabo, oromgoh, parashyut, patent, payvandlamoq, piyola, pomidor, portfel, projektor, pulemyot, qahramon, qandil (lyustra), qimmatbaho, qumursqa, rassom (musavvir), rostgo'y, ruhlanmoq, sabzavot, samolyot, samovar, sellofan, sentner, seyalka, sport, suxandon (diktor), tabiat, tanaffus, tashakkur, taassurot, telefon, tennis, termos, tramvay, transport, trolleybus, ufq, urf-odat, vagon, velosiped, vokzal, voleybol, xursand, xayrlashmoq, xiyobon, xizmatchi, xohlamoq, xokkey, yelpig‘ich, yiroq (uzoq), yop-yorug‘, zehnli, ziyrak, zog‘orabaliq, zag‘cha, o‘qariq, o‘chirg‘ich, g‘amxo‘r, g‘ijjak, g‘ilof, g‘o‘zapoya, shaxmatchi, shifer, charm, choyshab, cho‘tka. (Bu xildagi so‘zlar darslikning oxirida lug'at sifatida berilgan).
O‘quvchilarning bilim, ko'nikma va malakasiga
qo'yiladigan talablar:
Bilishi kerak.
— Gap, gap bo‘laklari, bosh va ikkinchi darajali bo‘laklar,
uyushiq bo‘laklar, undalmalarni;
—tovush va harf, uning belgilarini, unli va undosh tovush-
larni, jarangli-jarangsiz undoshlarni, bo‘g‘in, alifboni;
—o‘zak, o‘zakdosh so‘zlar, so‘z yasovchi qo‘shimchalar,
so‘z o‘zgartuvchi qo‘shimchalar;
—so‘z turkumlari, ularning belgilarini.
Ko‘nikmalarni egallashlari kerak.
- ot, otlarning egalik va kelishik qo‘shimchalari bilan qo‘llanilishi;
- kelishik qo‘shimchalarining talaffuzi va imlosi;
- sifat, sifatlarning imlosi;
- son, sanoq va tartib sonlarni, raqamlar bilan ifodalangan tartib sonlar imlosini;
- olmosh, kelishik olmoshlarining kelishiklar bilan qo‘llanilishini;
- fe’l, fe’l zamonlarini (o‘tgan zamon, hozirgi zamon, kelasi zamon);
- fe’l zamon qo‘shimchalari, ularning imlosi;
- fe’llarning tuslanishini;
- gap bo‘laklarini; bosh va ikkinchi darajali bo‘laklarni farqlay olish;
- otlarni kelishik qo‘shimchalari bilan qo‘llay olishini;
- sifatlarning yozilishini, qo‘shib, ajratib, chiziqcha bilan yozishni;
- sonlarning, tartib sonlarning yozilishini;
- fe’llarning uch zamoni va ularning hosil qilinishini; shaxs- songa tuslanishini.
Malaka.
- gaplarning elementar sintaktik tahlil qilish;
- o‘rganilgan qoidallarga oid 80-90 so‘zli matnni husnixat qoidalariga rioya qilgan holda ko‘chirib va eshitib yoza olishi;
- berilgan matnga mustaqil reja tuzish, qayta hikoyalash va yozma bayon qilish;
- berilgan mavzu yoki rasm asosida kichik matn tuzib, yoza olish;
- e’lon, tabriknoma, taklifnoma yoza olish;
- quyidagi ma’daniyat: iltimos, ruxsat, minnatdorchilik, kechirim, uzr, taklif kabilarni ifodalaydigan so‘zlardan foydalanish.
Maqola sanasi: