u nafaqat ilg`or pedagog, balki omilkor menejer hamdir
Bugun fan-texnika jadallik bilan taraqqiy etmoqda. Bunday sharoitda zamon talabiga hamohang, qadam-baqadam faoliyat yuritish har birimizdan katta mehnat talab qilishi tabiiy. Ayniqsa, bu jarayon ta'lim sohasi xodimini ikki karra ildam harakat qilishga undaydi. Zero, o´qituvchi kasb taqozosiga ko´ra nafaqat o´z mutaxassisligi doirasida, balki yon-atrofdagilarni qiziqtirgan barcha sohalardagi eng so´nggi yangiliklardan boxabar bo`lishi barobarida, mavzu doirasida o´z mustaqil fikrini µam bildira olishi zarur. Bu ´rinda maktab direktorining mas'uliyati yanada zalvorli. U vaziyatni to´g`ri baholay oladigan, yetakchilik qobiliyati shakllangan, g`oyaviy va mafkuraviy jihatdan hushyor, tadbirkorlik xislatiga ega, bilim va ma'naviyat jihatdan pedagogik jamoaga ´rnak b´la oladigan shaxs bo´lishi lozim. Ulug` ajdodlarimiz qarashlari, donishmand xalqimizning tarixdan toblangan sharqona mezonlari ham shunday xulosani beradi: kezi kelganda qattiqqo´l yoki mehr-muruvvatli, jamoani bir maqsad sari ruhlantira oladigan, so´zi va ishi bir bo´lish bilan birgalikda xolis xulosaga kelishda kengashishdan cho´chimaydigan, muassasada suiste'molchiliklar, ta'magirlik, boshboshdoqlik illatlarini vaqtida aniqlab, uning ildizini qirqa oladigan rahbar hurmatga sazovordir.
Xo´sh, zamonamiz maktab rahbarlari o´z zimmalaridagi vazifalarni nechog`li muvaffaqiyatli uddalashmoqda-yu, ularni qiynayotgan muammolar nimada? Ushbu savollarimizga ta'lim sohasi
islohotlarida faol ishtirok etib kelayotgan ilg`or maktab rahbarlari, nazariyotchi-olimlardan javob so´radik.
Anor Mahmudova, Gurlan tumanidagi 5-maktab direktori, O`zbekiston Qahramoni:
- Farzand - ertangi kun umidi. Uning istiqbolida kelajak bor. Shu bois yurtimizda mustaqillikning dastlabki kunlaridanoq farzandlarimizni barkamol avlod qilib voyaga yetkazishga katta e'tibor qaratib kelinmoqda. Yurt tinchligi, mamlakat taraqqiyoti va xalq farovonligi aynan ana shu omilga bog`liqligi ayon haqiqat.
Maqolaning to`liq matni bilan mana bu manzilda tanishishingiz mumkin.
Maktabda ijodiy muhit qanday yaratiladi ?
Taraqqiyotning hozirgi bosqichida maktab diretori yuqori tashkilotlarning ko`rsatma va rasmiy hujjatlaridagi vazifalarni ko`r-ko`rona bajarishi emas, balki o`z faoliyatiga va har bir ishga ijodiy yondashishi, pedagogika, psixalogiya, boshqaruv fanlaridan xabardor bo`lib, ulardan mohirona foydalana bilishi, g`oyaviy siyosiy jihatdan yetuk bo`lishi lozim.
To`g`ri bir insonda yuqorida sanab o`tilgan xislatlarining barchasi bo`lmasligi mumkin. Ammo, faoliyatiga oid shunday shartli ko`nikmalar mavjudki, usiz jamoani muvaffaqiyat sari eltishi mushkul. Ulardan biri jamoani bir maqsad sari ruhlantira olishdir. Bu direktordan birinchi navbatda inson ruhiyatining bilimdoni bo`lishni talab qiladi. Turfa xil xarakter, turli darajada bilim va dunyoqarashga ega bo`lgan xodimlprni yagona maqsad yo`lida birlao`tirish uchuno`ziga xos yondashuv zarur. Unda eshitish, tahlil qilish, to`g`ri xulosa chiqarish, buyruq berishdagi psixologik ustalik, berilgan topshiriqlarning bajarilishi yuzasidan monitoring hamda ijodiy raqobat muhitini yarata olishi kabi jihatlar o`rin oladi.
Maqolaning to`liq matni bilan mana bu manzilda tanishishingiz mumkin.