Bolalar sportini rivojlantirish jamg'armasi 
 
Keyingi yillarda mamlakatimiz aholisi o’rtasida sog’lom turmush tarzini qaror topdirish maqsadida jismoniy tarbiya va sportni keng miqyosda rivojlantirish - ustuvor masalalardan biriga aylanib bormoqda. Yurtimiz vakillarining turli xalqaro bellashuvlarida, Olimpiada o’yinlari va Jahon birinchiligi musobaqalarida yuksak natijalarga erishayotgani, Respublikamizning sport salohiyati yanada oshayotgani, shahar va qishloqlarda zamonaviy sport inshootlari barpo etilayotgani, o’quvchi va talaba yoshlar o’rtasida turli musobaqalar o’tkazilishi ommalashib borayotgani ayniqsa e'tiborlidir.
Yurtboshimiz - ommaviy sportning inson va oila hayotidagi roli, uning jismoniy va ma'naviy sog’lomlikning asosi ekani, hayotga katta umid bilan kirib kelayotgan yoshlarga o’z qobiliyat va iste'dodini ro’yobga chiqarishda sportning ahamiyati juda katta ekanligini doimo ta'kidlab kelganlar.

O’sib kelayotgan yosh avlodning jismoniy va ma'naviy salomatligini shakllantirish, sog’lom turmush tarziga intilish va sportga mehr - muhabbatni singdirish borasida shart - sharoitlar yaratib berish, bolalar ommaviy sportini qishloq joylarda rivojlantirishga alohida e'tibor berish, Vatanga sadoqatli, kelajakka ishonchi bor, barkamol avlod tarbiyalash, bolalar orasidan iste'dodli sportchilarni tanlab olish va ular qobiliyatini rivojlantirishga ko’mak berish maqsadida, muhtaram Prezidentimiz I.A.Karimov 2002 yilning 24 oktyabrida 3154 sonli Farmonga imzo chekdilar.

"O’zbekiston bolalar sportini rivojlantirish jamg’armasini tuzish to’g’risida"gi ushbu Farmon bolalar jismoniy tarbiya va sportini yanada rivojlantirish borasida poydevor bo’lib xizmat qildi.Ushbu Farmon va shu asosda hukumatimiz tomonidan qabul qilingan barcha qarorlarda bolalar sportini aniq maqsad yo’lida va barqaror avj oldirish vazifalari belgilab berildi.
O’zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o’rinbosari raisligida mutasaddi tashkilotlar rahbarlaridan iborat tuzilgan komissiya ishtirokida mamlakatda 42494 ta sport inshooti, shu jumladan 320 ta stadion, 262 ta ochiq va 53 ta yopiq basseynlar, 35228 ta sport maydonchalari, 6010 ta sport zallari borligi, bulardan 18,9 foizi ta'mirlanishga muxtojligi aniqlanib, 2003 yilga 60 ta sport inshoatining ta'mirlanishi rejalashtirilib, 43 tasi bo’yicha ta'mirlanish ishlari tugatildi. Ushbu ob'ektlarga hisoblangan umumiy xarajat miqdori 1,8 mlrd. so’mlik mablag’ o’zlashtirildi.

2004 yil 29 avgustda 3481-sonli O’zbekiston Respublikasi Prezidentining "O’zbekiston bolalar sportini rivojlantirish jamg’armasi faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlari to’g’risida"gi Farmoni qabul qilindi.Ushbu Farmon bolalar sportini rivojlantirish va ayniqsa qishloq joylarda o’quvchi yoshlarni jismoniy tarbiya va sport bilan faol shug’ullanishga ommaviy jalb etish umumiy o’rta ta'lim tizimini takomillashtirishning muhim vazifasi 2004-2009 yillarda maktab ta'limini rivojlantirish Davlat umummilliy dasturining ajralmas qismi sifatida yangi yo’nalish ochib berdi.Farmonni bajarish yuzasidan 2004 yil 29 avgust kuni Vazirlar Mahkamasining 410-sonli qarori qabul qildi.Prezidentimizning Farmoni va hukumatimizning qabul qilgan qaroriga binoan bolalar sportini rivojlantirish jamg’armasi Xalq ta'limi vazirligi tizimiga kiritildi.

Jamg’armaning asosiy vazifasi etib, bolalar jismoniy tarbiya va sportini rivojlantirish borasida Davlat siyosatini 2004-2009 yillarda Maktab ta'limini rivojlantirish Davlat umummilliy dasturini amalga oshirish bilan bevosita o’zaro bog’liqlikda ishlab chiqish va amalga oshirishga, bolalar sportini aniq maqsad yo’lida va barqaror avj oldirishga ko’maklashishidan iborat qilib belgilandi.

O’zbekiston Respublikasi Xalq ta'limi vazirligi huzuridagi Bolalar sportini rivojlantirish jamg’armasi - mamlakatimizning barcha hududlarida,   birinchi navbatda qishloq joylarda bolalar jismoniy tarbiya va sportining moddiy bazasini shakllantirish va mustahkamlash, umumta'lim maktablari qoshida va aholi yashash joylarida zamonaviy bolalar sport komplekslari tarmog’ini barpo etish, ularni zamonaviy sport uskunalari, hamda anjomlari bilan jihozlash, ulardan samarali foydalanishni ta'minlashining asosiy faoliyat yo’nalishlaridan biri bo’lib xizmat qiladi. www.bolalarsporti.uz
  


Bolalar musiqa va san'at maktablari

 Copyright © 2010
O'zbekiston Respublikasi Xalq ta'limi vazirligi