Tezda izlash

Öĺíňđ đŕçâčňč˙ č âíĺäđĺíč˙ ęîěďüţňĺđíűő č číôîđěŕöčîííűő ňĺőíîëîăčé



Umid Nihollari 2006 saytiga xush kelibsiz!
"Umid nihollari -2006"

Ishonchim komilki, qizg‘in bellashuvlar, adolat, o‘zaro hurmat va samimiyat ruhida o‘tadigan, farzandlarimizning irodasini yanada toblashga, jamiyatimizda sog‘lom turmush tarzini mustahkamlashga xizmat qiladigan ushbu sport o‘yinlari har biringizning hayotingizda yorqin va o‘chmas sahifa bo‘lib qoladi.

Islom KARIMOV

Maktab o‘quvchilarining “Umid nihollari” sport o‘yinlari qatnashchilariga Islom Karimov tabrigi.

Qadrli farzandlarim!

Avvalambor, mana shu go‘zal bahor kunlarida ko‘hna va saxovatli Qashqadaryo zaminida jam bo‘lgan siz, aziz o‘g‘il-qizlarimni, sizlarga omad tilab turgan ustoz-murabbiylar, ota-onalar va yoru do‘stlaringizni “Umid nihollari” sport o‘yinlarining tantanali ochilishi bilan chin qalbimdan samimiy tabriklayman.

Bugun sizlar kabi ming-minglab o‘quvchi yoshlarimizning azmu shijoati, ochiq chehrasiga boqib, barchamiz vaqtning qanday shiddat bilan o‘tayotganini, ko‘z o‘ngimizda yangi bir avlodning tobora kuchga to‘lib, safimizga kirib borayotganini chuqur his etamiz va beixtiyor ko‘nglimizda, qalbimizda quvonch va g‘urur tuyg‘ulari paydo bo‘ladi, mustaqil hayot kechirayotgan yillarimizda amalga oshirgan mashaqqatli mehnatimiz zoye ketmagani uchun Yaratganimizga shukronalar aytamiz.

to`liq

“Umid nihollari-2006” respublika sport o‘yinlari boshlandi

   Qarshi shahrida maktab o‘quvchilarining “Umid nihollari-2006” respublika sport o‘yinlari boshlandi.“Umid nihollari” - Prezidentimiz Islom Karimov tashabbusi bilan yo‘lga qo‘yilgan uch bosqichli uzluksiz sport tizimining dastlabki va eng muhim bo‘g‘inidir. O‘zbekistonda yaratilgan mazkur tizim mutaxassislar tomonidan dunyoda yangi pedagogik texnologiya sifatida e’tirof etildi.  
   
to`liq

  
“Umid nihollari 2006”  qisqa satrlarda
 «Umid nihollari – 2006» sport musobaqalari ishtirokchilari haqida    ma’lumot:
   Tadbir 2006 yil 4-9 may kunlari Qashqadaryo viloyatining Qarshi shahrida bo‘lib o‘tadi. Unda jami 3088 nafar ishtirokchilar kĺlishi kutilmoqda. Jumladan, 2002 nafar o‘quvchi yoshlar, 238 nafar murabbiylar, 196 nafar sport turlari bo‘yicha hakamlar, 28 nafar tibbiyot őodimlari, 70 nafar ichki ishlar őodimlari, 14 nafar foto muőbirlar, 28 nafar őalq ta’limi vazirligidan biriktirilgan vakillar,  42 nafar viloyat őalq ta’limi boshqaruv organlarining vakillari (VŐTB boshliqlari, Bolalar sportini rivojlantirish jamg‘armasining mintaqaviy  filial dirĺktorlari va viloyat «Yoshlik» ko‘ngilli sport jamiyati raislari), 155 nafar ommaviy aőborot vositasi őodimlari (112 nafar tĺlĺvidĺniĺ őodimlari, 43 nafar jurnalistlar), 135 nafar madaniyat va sport ishlari vazirligidan hakamlar hay’ati a’zolari, 125 nafar badiiy guruh, 40 nafar mash’alani olib kĺluvchi guruh va 15 nafar «Kamolot» yoshlar ijtimoiy harakati a’zolari ishtirok etadilar.

 
to`liq

Madaniy dam – sportichilarni g‘alabaga chorlaydi
Qarshi muhandislik iqtisodiyot institutida 2500 nafarga yaqin talabalar ta‘lim olishadi. Respublika maktab o‘quvchilarning "Umid nihollari – 2006" musobaqalari arafasida ilm dargohidagi 1- va 2-talabalar turar joylari qaytadan ta‘mirlanib, butunlay yangi qiyofa kasb etdi
to`liq

Uzliksiz sport musobaqalarini tashkil qilish to'g'risida
O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI  VAZIRLAR MAHKAMASINING QARORI 03.06.2003 y. N 244
O’QUVCHI VA TALABA YOSHLARNI SPORTGA JALB QILISHGA QARATILGAN UZLUKSIZ SPORT MUSOBAQALARI TIZIMINI TASHKIL ETISH TO’G’RISIDA
Mazkur Qarorga O’zR VM 06.07.2005 y. 157-son Qaroriga muvofiq o’zgartirishlar kiritilgan
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining "O’zbekiston Bolalar sportini rivojlantirish jamg’armasini tuzish to’g’risida"gi Farmonida belgilangan vazifalarni amalga oshirish, yoshlarda sportga bo’lgan havas va intilishni, jamiyatimizda sog’lom turmush tarzi tamoyillarini yanada kuchaytirish, mamlakatimizda o’quvchi va talabalarni sport mashg’ulotlariga uzluksiz jalb qilishga qaratilgan sport musobaqalari tizimini Kadrlar tayyorlash milliy modeli va dasturiga muvofiq tashkil etish hamda ushbu tizimning samarali ishlashini ta’minlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi QAROR QILADI:
to`liq


Tarixiy lavha
TARIXIY LAVHA
      Hozirgi O'zbekistonning Qashqadaryo viloyati qadimgi So'g'd vohasining unumdor deh-qonchilik hududini egallagan bo'lib, qadimda o'z suvlarini Amudaryoga quyuvchi Zarafs­ hon va Qashqadaryo daryolari oralig'ida, Movarounnahrning qoq markazida joylash-gan. Movarounnahrning barcha tarixiy rivojlanish bosqichlari ushbu viloyat bilan cham- barchas bog'liqdir. Kitob va Shahrisabzda joylashgan qadimgi shaharlarda olib borilgan qazish ishlari davomida arxeologlar tomoni-dan topilgan xilma xil moddiy boyliklar va tangalar silsilasi antik So'g'diyonaga xos bo'igan boy madaniyatdan dalolat beradi. Antik davrdan keyingi ilk asrlardagi mustaqil davlatlar hisoblanmish Kitob, Zahoki Maron va Qarshi yaqinidagi Yerqo'rg'on shaharlari tarixiy qatlamlarda yorqin iz qoldirgan. Yangi eraning V asrida kelib esa antik shaharlar-ning tanazzulga yuz tutishi kuzatiladi. IV- VII asrlarda birin-ketin ilk feodallarning mustahkam qal'alari paydo bo'la boshladi. (Muddintepa, Sho'rtepa, Shullikto'pa va bosh- qalar shular jumlasidandir). Arxeologik qazishmalar mobaynida IV-VII asrlarda mavjud bo'igan Kadjartepa, Tog'aytepa, Ko'x- nafazli shaharchalarining qoldiqlari topildi. Shu vaqtda Kesh viloyati (Kitob va Shahri- sabz) va Naxshab (hozirgi Qarshi shahri) Turk hoqonligi davlatining to'qqi?. federatsi- yasi tarkibiga kirardi. Ular muxtoriyat hisob- lanar hamda Samarqandda hukmronlik qiluvchi hoqonga hiroj to'lardi.               
to`liq