“Zamonamiz qahramonlari” loyihasining navbatdagi gʻoliblari aniqlandi

“Zamonamiz qahramonlari” loyihasining navbatdagi gʻolibi daryo.uz nashri muxbiri Xonzodabegim Aʼzamova Xalq taʼlimi vazirligi tomonidan noutbuk bilan taqdirlandi. Xonzodabegim trendga olib chiqqan Yakkasaroy tumani 89-maktabning 71 yoshli jismoniy tarbiya oʻqituvchisi Nurxon Moʻminova esa “Xalq taʼlimi aʼlochisi” koʻkrak nishoni bilan taqdirlandi.

photo2021-04-0611-39-58.jpg

30 yil davomida shu sohada faoliyat yuritgan Nurxon Moʻminovaning faoliyati koʻplab ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilarining eʼtiroflariga sazovor boʻldi.

Sizning ham atrofingizda ham ana shunday fidoiy ustozlar bor va siz ularni taniysiz. Ularning faoliyatini ijtimoiy tarmoqlarda trendga chiqaring hamda noutbuk sohibi boʻling (https://t.me/uzedu/11896).

Loyiha davom etadi!

Share to: