Tuman (shahar) xalq taʼlimi boʻlimlari boshqaruv xodimlarining bilim va koʻnikmalari baholanadi, sifat tarkibi qayta koʻrib chiqiladi

Xalq taʼlimi vazirligi hamda Taʼlim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi tomonidan 2021-yil 8-yanvarda “Xalq taʼlimi vazirligining hududiy boshqaruv organlari boshqaruv xodimlarining bilim va koʻnikmalarini baholash tizimini joriy etish va takomillashtirish toʻgʻrisida”gi qarori tasdiqlandi.

Mazkur qarorga asosan Xalq taʼlimi vazirligining hududiy boshqaruv organlari boshqaruv xodimlarining bilim va koʻnikmalarini baholash hamda ularning sifat tarkibini qayta koʻrib chiqish belgilandi.

Shu munosabat bilan, joriy yilning 15-mart kunidan boshlab tuman (shahar) xalq taʼlimi boʻlimlarining boshqaruv xodimlari ikki bosqichda baholash jarayonidan oʻtkaziladi.

Birinchi bosqichda baholanuvchilarning xalq taʼlimi sohasiga oid normativ-huquqiy hujjatlarni bilish darajasi, menejerlik qobiliyati, malaka tavsiflarida belgilangan lavozim majburiyatlariga mosligi, kasbiy kompetentliligi, dunyoqarashi va aqliy salohiyati (IQ) suhbat (5 ta savoldan iborat bilet) tarzida aniqlanadi.

Ikkinchi bosqichda esa ularning kelgusi faoliyatini tashkil etilishi va rejalari yuzasidan taqdimoti baholanadi.

Bunda, tuman (shahar) xalq taʼlimi boʻlimlari mudirlarining umumiy oʻrta taʼlimni takomillashtirish va xalq taʼlimi muassasalarini rivojlantirishga oid 3 yilga moʻljallangan istiqbolli dasturi;

tuman (shahar) xalq taʼlimi boʻlimi mudiri oʻrinbosari, shoʻba mudiri va mutaxassislarining soʻnggi bir yil davomida amalga oshirgan ishlari, shuningdek, kelgusidagi rejalari boʻyicha slaydlar koʻrinishidagi taqdimoti baholanadi.

Baholash jarayonini oʻtkazish joyi va muddati bilan tanishish

aaaaa14aaa147852369.jpg

Savolnomalarni yuklab olish

aaaaa14aaa147852369.jpg

Share to: