Taʼtilda PISA xalqaro baholash dasturiga tayyorgarlik koʻramiz

 

Mamlakatimiz oʻquvchilari 2021-yilda taʼlim sifatini baholash boʻyicha yirik xalqaro tadqiqot - PISA dasturida ishtirok etadi. 

Mazkur tadqiqot bizga taʼlim tizimida ulkan islohotlarni amalga oshirishga turtki boʻluvchi qimmatli axborot va tahlillarni berish, shuningdek yurtimiz oʻquvchilarining bilim darajasini dunyo bolalari bilimi bilan solishtirish imkonini ham beradi. Yaʼni 2021-yildagi PISA reytingida 85 ta davlat qatorida Oʻzbekiston ham namoyon boʻladi. 

Bu esa oʻz navbatida mamlakatimizdagi 15 yoshli oʻquvchilar bilan tadqiqotga munosib tayyorgarlik koʻrishga undaydi. 

2021-yildagi PISA tadqiqotida matematik savodxonlik ustuvor boʻlishi, topshiriqlarning asosiy qismini matematik savodxonlik yoʻnalishi tashkil etishi barchaga ayon. 

Bahorgi taʼtilni mazmunli oʻtkazish, shuningdek PISA tadqiqotiga tayyorgarlik koʻrish uchun matematik savodxonlik yoʻnalishi boʻyicha 2021-yildagi PISA tadqiqoti uchun tayyorlangan hamda omma uchun ochiq boʻlgan quyidagi topshiriqlar bilan tanishing hamda bajarishga harakat qiling. 

1. Smartfondan foydalanish. 

2. Daraja xossalarining goʻzalligi. 

3. Har doim, baʼzan, hech qachon. 

4. Plitka yotqizish. 

5. Xarid qilish qarori. 

6. Navigatsiya.

 

Share to: