Xalq taʼlimi va maktabgacha taʼlim vazirlari Sirdaryo viloyatidagi bir guruh bolalarni Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni bilan qutlab, ularga sovgʻalar topshirdilar

1-iyun - Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vaziri Sherzod Shermatov Sirdaryo viloyatidagi bir guruh bolalarni bayram bilan qutlab, ularga sovgʻalar topshirdi. 

Joriy yilning 1-may kuni Sirdaryo viloyatidagi “Sardoba” suv ombori dambasidan suv chiqishi natijasida aholi uylari talofat koʻrdi. Suv toshqini natijasida bir necha maktablarga ham zarar yetgan. 

Xalq taʼlimi vaziri Sherzod Shermatov hamda Maktabgacha taʼlim vaziri Agrepina Shin bugun Yangiyer va Guliston shahriga vaqtinchalik koʻchirilgan bir guruh oʻquvchilar holidan xabar oldi. 

Sherzod Shermatov va Agrepina Shin bolajonlarni sana munosabati bilan samimiy qutlab, ularga bayram sovgʻalari ulashdi. 

Tadbir doirasida bolalarga shirinliklar, oʻquv qurollari va boshqa sovgʻalar topshirildi. Shu bilan birga, suv toshqini natijasida zarar koʻrgan maktablarga televizior, DVD-pleyr va proyektorlar ham taqdim etildi.

Share to: