Xalq taʼlimi vazirligi tizimida ishlash istagida boʻlganlar uchun ochiq mustaqil tanlov

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi bilan hamkorlikda vazirlikdagi vakant boʻlgan quyidagi lavozimlarga ochiq mustaqil tanlov eʼlon qiladi:

✅ Strategik tahlil, indikatorlarni shakllantirish va tahlil qilish shoʻbasi mudiri;

✅ Progressiv pedagogik texnologiyalar va taʼlim sohasida yangi tashabbuslarni joriy etish boʻlimi boshligʻi;

✅ Bolalarni ijtimoiy himoyalash va qoʻllab-quvvatlash boshqarmasi yetakchi mutaxassisi;

✅ Moliya departamenti bosh iqtisodchisi;

✅Moliya departamenti Taʼlim muassasalarida ish haqini rejalashtirish va moliyalashtirish boʻlimi yetakchi mutaxassisi;

✅Ichki audit va moliyaviy nazorat boshqarmasining Qoraqalpogʻiston Respublikasi hududiy auditori (yetakchi mutaxassis);

✅ Ichki audit va moliyaviy nazorat boshqarmasining Surxondaryo viloyati hududiy auditori (yetakchi mutaxassis);

✅ Yuridik boʻlimi bosh yuriskonsulti.

Tanlovda ishtirok etish istagida boʻlgan nomzodlar Davlat xizmatini rivojlantirish agentligining “Davlat fuqarolik xizmatchilari vakant lavozimlarining yagona ochiq portali (https://vacancy.argos.uz/)” (https://vacancy.argos.uz/)da roʻyxatdan oʻtishlari, vakant boʻlgan lavozimni tanlab soʻralgan hujjatlarni elektron shaklda taqdim etishlari zarur.

Eʼtibor bering

Tanlovda ishtirok etish boʻyicha arizalarni qabul qilish faqat nomzodlar tomonidan saytdagi elektron soʻrovnomani toʻldirish orqali amalga oshiriladi.

Tanlov toʻgʻrisida batafsil maʼlumotlar: (71) 241-01-92

Hujjatlarni qabul qilish 2021-yilning 20 dan 29-yanvarigacha (shu kuni ham) davom etadi.

Ariza va hujjatlarni qabul qilish muddati oʻtgandan soʻng yuborilgan ariza va hujjatlar tanlovda ishtirok eta olmaydi.

Share to: