XALQ TAʼLIMI VAZIRI OʻRINBOSARI QASHQADARYO VILOYATIDAGI MAKTABLAR FAOLIYATI BILAN TANISHDI

Xalq taʼlimi vaziri oʻrinbosari Ibrohim Joʻrayev, Qashqadaryo viloyati xalq taʼlimi boshqarmasi boshligʻi Toʻlqin Karimovlar

viloyat “Barkamol avlod bolalar markazi”da bolalar uchun yaratilgan shart-sharoitlar bilan tanishdi.

Shuningdek, Koson tumanidagi 44-umumiy oʻrta taʼlim maktabida tashkil qilingan Abdulla Oripov nomidagi muzey faoliyati, Yakkabogʻ tumanidagi 61-,17-sonli umumiy oʻrta taʼlim maktablarda oʻqituvchilar xamda oʻquvchilar uchun yaratilgan imkoniyatlar bilan tanishdi.

Ibrohim Joʻrayev tomonidan taʼmirtalab maktablarni davlat dasturiga kiritish ularni zamonaviy maktablarga aylantirish boʻyicha taklif va tavsiyalar berildi.

Soha masʼullari tomonidan maktablardagi obodonlashtirish va koʻkalamzorlashtirish ishlari, maktablardagi taʼmirtalab binolarni taʼmirlash, maktabning sanitar-epidemiologik holatlariga eʼtibor qaratish yuzasidan koʻrsatmalar berildi.

Share to: