Xalq taʼlimi tizimidagi bir guruh rahbar va xodimlar sanatoriylarda bepul muolajalar oldilar

Davlatimiz rahbarining “Oʻzbekistonning yangi taraqqiyot davrida taʼlim-tarbiya va ilm-fan sohalarini rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmonlariga muvofiq 2021-yilda xalq taʼlimi tizimidagi bir guruh xodimlarni sanatoriylarda dam olishlari boʻyicha maʼlumotlar bergan edik.

Joriy yilning fevral oyida Kasaba uyushmalari federatsiyasi tasarrufidagi 19 ta sanatoriylarda oʻn kun davomida 421 nafar tuman (shahar) xalq taʼlimi boʻlimi mudirlari, metodistlari, umumtaʼlim muassasalari direktorlari salomatliklarini mustahkamladilar.

photo2021-02-1316-06-17.jpg

Jumladan, oshqozon-ichak kasalliklari, ortiqcha tana vaznining oshishi (metobolik sindrom), qandli diabet, oshqozon osti bezi kasalliklari, oʻt qopi, oshqozon yarasi, asab tizimi, yurak qon tomir hamda jigar kasalliklarini davolash va profilaktika qilish boʻyicha muolajalar oldilar.

Shuningdek, kasaba uyushmalari federatsiyasi hududiy boʻlimlari va sanatoriy maʼmuriyati tomonidan sanatoriyda dam olayotgan xodimlarni muolajadan boʻsh vaqtlarida madaniy hordiq chiqarishi uchun ham shart-sharoitlar yaratildi.

Share to: