Darslik va oʻquv-metodik majmualarini yaratish jarayonlariga mutaxassislar shartnoma asosida ishga qabul qilinadi

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 6-noyabrdagi “Taʼlim-tarbiya tizimini yana-da takomillashtirishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar” toʻgʻrisidagi qarori bilan Xalq taʼlimi vazirligiga umumtaʼlim maktablari uchun darsliklar va oʻquv-metodik majmualarning yangi avlodini tayyorlashi boʻyicha vazifalar belgilandi. 

Respublika taʼlim markazi mazkur darslik va oʻquv metodik majmualarni xato va kamchiliklarsiz, sifatli nashrga tayyorlash maqsadida 

????muharrir, 

????musahhih, 

????tarjimon, 

????rassom, 

????dizayner, 

????darslik sahifalovchi mutaxassislarni hamda  

????rus tili yoʻnalishida tahsil olgan ijtimoiy, aniq va tabiiy hamda amaliy fan mutaxassislarini fuqarolik-huquqiy shartnomalar asosida ishga taklif etadi.

Nomzodlar 2021-yilning 1-mart sanasiga qadar rtalimmarkazi@gmail.com elektron pochtasi orqali quyidagilarni yuborishlari soʻraladi:

???? Nomzod ish tajribasi hamda qaysi jarayonda qanday mutaxassislik boʻyicha ishlamoqchi ekani haqida maʼlumot;

???? Rezyume;

???? Pasport va diplom nusxalari.

Ish tajribasi: 3-6 yil

Manzil: Toshkent shahri Olmazor tumani Ziyo 6-A uy

Telefon: +(998)93 183 50 70

????Tanlov asosida saralab olingan yuqori tajriba va malakaga ega mutaxassislar munosib ish haqi va qulay sharoit bilan ta'minlanadi.

Share to: