Chortoq tumanidagi maktablarning qurilish-taʼmirlash ishlariga qariyb 10 mlrd. soʻm mablagʻ yoʻnaltirildi

Xalq taʼlimi vaziri Sherzod Shermatov Namangan viloyati Chortoq tumanidagi maktablardagi qurilish-taʼmirlash jarayonlari bilan tanishdi.

Qayd etish joizki, tumandagi 2 ta taʼlim obyekti davlat Investitsiya, 1 tasi Inqirozga qarshi kurash jamgʻarmasi dasturiga kiritilgan boʻlib, shundan 2 ta obyektda rekonstruksiya, 1 tasida mukammal taʼmirlash ishlari amalga oshirildi. Mazkur bunyodkorlik ishlari uchun 9 mlrd. 788 mln. soʻm mablagʻ yoʻnaltirilishi koʻzda tutilgan.

Shundan 1 mlrd soʻm mablagʻ tumandagi 355 nafar oʻquvchiga moʻljallangan 13-umumiy oʻrta taʼlim maktabiga yoʻnaltirilgan boʻlsa, 820 oʻrinli 25-umumtaʼlim maktabga 3 mlrd. 418 mln soʻm. yoʻnaltirilgan.

Sherzod Shermatov taʼlim maskanlarini koʻzdan kechirar ekan, mutasaddilarga loyihaning sifati va surʼatini doimiy kuzatib borish, har bir detalga, sinf xonalar ining rangiga, qulaylik va qiyofa uygʻunligini inobatga olish yuzasidan toshiriq berdi.

00f1bc1dbe4aef47f32ce-2.jpg

Tashrif doirasida viloyat xalq taʼlimi boshqarmasida Xalq taʼlimi vaziri boshqarma boʻlim boshliqlari, xalq taʼlimi boʻlimi mudirlari, maktab direktorlari hamda viloyatdagi taʼlim mutasaddilari bilan ochiq muloqot oʻtkazdi.

Unda bitiruvchilarni oliy taʼlim, kasb-hunar kollejlari va texnikumlarga yoʻnaltirish, yoshlarni ish bilan taʼminlash masalalari muhokama qilindi.

Taʼlim sifatini oshirish, bitiruvchilarning oliy taʼlim muassasalariga kirishda yuqori natijalarga erishishi boʻyicha Norin, Mingbuloq, Chortoq, Uychi, Uchqoʻrgʻon tumanlarining xalq taʼlimi boʻlimi mudirlari va bir qator maktab direktorlari oʻz takliflarini bildirdilar.

Taʼkidlash joizki, joriy yilda viloyatdagi umumtaʼlim maktablarini jami 37777 nafar bitiruvchi tamomladi. Ularning 29247 nafari oliy oʻquv yurtlariga, 3467 nafari texnikum va kasb-hunar kollejlariga kirish istagini bildirgan boʻlsa, 4639 nafar yoshlar hunar oʻrganish, 320 nafari tadbirkorlik bilan shugʻullanish, 104 nafari harbiy xizmatga borishga ahd qilgan.

Share to: