Buyuk ajdodlarimizga ehtirom

Umumtaʼlim maktablarida Alisher Navoiy tavalludining 579 hamda Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 537-yilligi munosabati bilan tadbirlar tashkil etildi. 

Jumladan, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Qoʻngʻirot tumanidagi 36-umumtaʼlim maktabida gʻazal mulkining sultoni Alisher Navoiy hamda shoh va shoir Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludiga bagʻishlangan “Sharqning yorqin siymolari” mavzusida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi. 

Tadbirda oʻquvchilarga Navoiy hamda Boburning hayoti va ijodi haqida maʼlumotlar berildi. Oʻquvchilar tomonidan ruboiy, gʻazal, tuyuqlaridan namunalar aytilib, sahna koʻrinishlari namoyish etildi. Shuningdek, tadbirda buyuk ajdodlarimiz qoldirgan ilmiy meros hozirgi vaqtda ham olimlar tomonidan keng oʻrganilayotgani alohida taʼkidlandi. Tadbir ishtirokchilari “Boburnoma” arab, fors, hind, ingliz, nemis, fransuz, golland va turk tillariga tarjima qilingani, asarning nusxalari jahonning nufuzli kutubxonalarida saqlanayotgani haqida tushunchalarga ega boʻldi.

Share to: