Boʻsh ish oʻrinlari yarmarkasida Oʻzbekiston xalqaro islom akademiyasi bitiruvchilari maktablarga ishga qabul qilindi

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 25-dekabr kuni Oʻzbekiston yoshlari forumida soʻzlagan nutqida oliy maʼlumotli yoshlarning bandligini taʼminlash masalasiga alohida urgʻu berildi.

Ushbu topshiriqlar ijrosi yuzasidan Oʻzbekiston xalqaro islom akademiyasida joriy yilning 6 va 17-fevral kunlari 2020/2021 oʻquv yili bitiruvchilari uchun “Yoshlar – Oʻzbekistonning eng katta boyligi, bebaho xazinasi” mavzusida oʻtkazilgan boʻsh ish oʻrinlari yarmarkasida Xalq taʼlimi vazirligi Xodimlar bilan ishlash boshqarmasi masʼul xodimlari ish beruvchining vakili sifatida ishtirok etdi.

Mazkur yarmarkada Akademiyaning milliy gʻoya, maʼnaviyat asoslari va huquq taʼlimi, psixologiya yoʻnalishlari bitiruvchilariga umumtaʼlim maktablarida mavjud boʻsh ish oʻrinlari haqida vazirlikning ish.uzedu.uz sayti orqali tanishishlari mumkinligi tushuntirildi.

Bitiruvchilar ish.uzedu.uz sayti orqali mutaxassisligiga mos keluvchi boʻsh ish oʻrinlari tanlanib, shu kunning oʻzida ularni ishga joylashtirish boʻyicha uch tomonlama shartnomalar imzolandi.

 

Share to: