“5 tashabbus taʼtilda” doirasida oʻtkaziladigan onlayn tanlovlarga start berildi

“5 tashabbus taʼtilda”: onlayn tanlovlarga start berildi

Xalq taʼlimi vazirligi “5 tashabbus taʼtilda” doirasida joriy yilning iyul-avgust oylarida oʻquvchi-yoshlar oʻrtasida 7 ta koʻrik-tanlov oʻtkazilishini maʼlum qiladi. 

Mazkur tanlovlar oʻquvchi-yoshlarning madaniy saviyasini yuksaltirish, ularning milliy va umumbashariy madaniyatning eng yaxshi namunalaridan bahramand etish, jismoniy tarbiya va ommaviy sportni rivojlantirish, sogʻlom turmush tarzini targʻib qilish, kitobxonlik va kitob targʻibotini kuchaytirish maqsadida tashkil etilmoqda.

Jumladan, “Raqsning maftunkor jilosi” shiori ostida milliy va jahon raqslari koʻrik-tanlovi, “Ohanglarim yetib borsin dillaringizga” musiqa tanlovi, “Ijodkor bolalar” rasmlar tanlovi, “Men, otam va onam sportchi oilamiz” oilaviy sport tanlovi, “Taʼtil – sport bilan tatir” sport tanlovi, “Kitobxon oila” va “Yil hikoyasi” kitobxonlik tanlovlari oʻtkaziladi.

Tanlovlar telegram ijtimoiy tarmogʻida ochilgan quyidagi kanallarda tashkil etiladi:

Bu kabi tanlovlar oʻquvchilarning musiqa va sanʼat, sport hamda kitobxonlikka boʻlgan qiziqishlarini oshirishga, kelgusida iqtidorli va ijodkor yoshlarni tarbiyalashga xizmat qiladi.

Tanlovga 2020-yil 6-iyulda start berildi va 30-avgust kuniga qadar davom etadi.

Tanlov gʻoliblariga Xalq taʼlimi vazirligi tomonidan diplom va qimmatbaho sovgʻalar topshiriladi.

“5 tashabbus taʼtilda” onlayn tanlovlarini tashkil etish va oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi NIZOM:

aaaaa14aaa.jpg

Share to: