Ustoz-shogird maktabi... hamkorlikning ilk natijalari
Jizzax tumanidagi 5-maktabning ona tili va adabiyot fani o'qituvchisi Gulchehra Namozboeva har bir darsga puxta hozirlik ko'rib, biror yangilik yaratishga intiladi. Sinfxonaga qadam qo'yar ekan “Bugun o'quvchilarga nima yangilik ayta olaman?” degan savolga javob izlaydi. Dars tugagach esa kun bo'yi o'z ishidagi yutuq va kamchikliklar, foydalana olmagan imkoniyatlari haqida o'ylay boshlaydi.
Namangan shahrida “O‘zbekiston madaniyati va san’ati forumi” jamg‘armasi, “Kelajak ovozi” Yoshlar tashabbuslari markazi hamda “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati tashabbusi bilan o‘tkazilgan “Kelajak ovozi – 2010” respublika ko‘rik-tanlovining viloyat bosqichi g‘oliblarini taqdirlashga bag‘ishlangan tadbir bo‘lib o‘tdi.
Maktablarda istiqlol tantanalariga ulanib ketgan yangi o'quv yili shodiyonalari qalblarga o'zgacha zavq bag`ishladi. Guliston shahar xalq ta'limi bo'limiga qarashli umumta'lim maktablarida ham yangi o'quv yili ko'tarinki kayfiyat bilan kutib olindi.
Prezident Islom Karimovning O`zbekiston Respublikasi mustaqilligining 19 yilligiga bag`ishlangan tantanali marosimdagi tabrik so`zi
Assalomu alaykum, qadrli vatandoshlar!
Hurmatli mehmonlar!
Bugun go`zal va betakror yurtimizda buyuk ayyom, katta tantana. Xalqimiz asrlar davomida orziqib kutgan o`z milliy mustaqilligining o`n to`qqiz yillik bayramini baland ruh va xursandchilik bilan kutib olmoqda.
Xaqiqatan ham barchamiz uchun eng ulug`, eng aziz bo`lgan ana shu bayram bilan siz azizlarni, sizning timsolingizda butun xalqimizni chin qalbimdan tabriklash men uchun katta baxtdir.
2000-2010 yillarda mamlakatimiz maktab o´quvchilari xalqaro fan olimpiadalarida 80 ta medalga egalik qilishgan. Bularning 6 tasi oltin, 14 tasi kumush, 60 tasi bronza medalidir. Xususan, keyingi uch yil mobaynida mamlakatimizdagi umumta'lim maktablari, akademik lisey va kasb-hunar kollejlari o´quvchilari, oliy o´quv yurtlari talabalari jahon miqyosida o´tkazilgan nufuzli fan olimpiadalarida g`olib bo´lib, jami 41 ta medalni qo´lga kiritgan.